Tilshunoslik asoslari


Grammatika maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy grammatika va nazariy grammatikaga boʻlinadi



Yüklə 8,84 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü8,84 Kb.
#192423
1   2
grammatika tilshunoslik

Grammatika maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy grammatika va nazariy grammatikaga boʻlinadi.

  • Amaliy grammatika muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy hamda meʼyoriy grammatika Tavsifiy Grammatika til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy Grammatika esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy Grammatikadan farqli ravishda, nazariy Grammatika til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi.
  •  Nazariy grammatikada til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy Grammatika umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til va nutq zidlanishiga asoslanadi.

Grammatikning faol va nofaol turlari

  • Grammatik birliklar tadqiqotchi yordamida qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, grammatika faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol grammatika sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi grammatika faol grammatika hisoblanadi. Faol grammatikada u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.
  • Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda Grammatika mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) Grammatikalarga boʻlinadi. Mazmuniy Grammatika mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy Grammatika oʻrganadi. Shakliy Grammatika esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik qiladi.
  • Bu yo’nalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional Grammatikada asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday Grammatikalarda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.
  • Grammatika muammolari dastlab qadimda Hindistonda (tilshunos Paninining grammatikaga oid traktatida, miloddan avvalgi 5—4-asrlarda), keyinroq Yunonistonda (Aristotel, miloddan avvalgi 4-asr, yunon tilshunosi Apollon Diskol, miloddan avvalgi 2-asr va boshqalarning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik anʼanalari lotin tilini oʻrganish jarayonida rivojlanib borgan.
  • Oʻzbekistonda grammatikani oʻrganish tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asariga borib taqaladi. Bu jarayon oʻrta asrlardagi lugʻatshunoslik taraqqiyotida ham oʻz aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat" asari, (15-asr), "Abushqa" nomli chigʻatoycha-turkcha lugʻat (16-asr) va boshqalar).
  • Hozirgi oʻzbek tili grammatikasi Yevropa grammatikasi asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab rus turk tilshunosi M. A. Terentyev "Turk, fors, qirgʻiz (qozoq) va oʻzbek tillarining grammatikasi" (1875) kitobini yozib, Sankt Peterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni oʻrganmoqchi boʻlgan rusiyzabon kishilarga moʻljallangan edi. Oʻzbek tilining izchil ilmiy grammatikasini yaratishni 20-asrning 20-yillarida Fitrat, Gʻozi Yunus, Shorasul Zunnun va boshqalar boshlab berdilar. Keyinchalik bu sohada A.Gʻulomov, Gʻ.Abdurahmonov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, Sh.Shoabdurahmonov, S.Usmonov, B.Oʻrinboyev va boshqa tilshunos olimlar katta ishlarni amalga oshirdilar
  • E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Ilmingiz ziyoda bo’lsin.

Yüklə 8,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin