Ii bob. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish metodologiyasi va usullari


Ilmiy –texnikkaviy potentsialni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari



Yüklə 42,94 Kb.
səhifə6/7
tarix19.04.2023
ölçüsü42,94 Kb.
#100505
1   2   3   4   5   6   7
Ilmiy-texnikoviy Asadbek

2.2. Ilmiy –texnikkaviy potentsialni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari:
Maʼlumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda Oʼbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, yaʼni yangi gʼoya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalambor, taʼlim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini taʼminlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga boʼlgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini ragʼbatlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga koʼmaklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Аks holda, Oʼzbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish bilan bir qatorda nanoindustriya tarmoqlarini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratish lozim.
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini koʼtarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi boʼlib, oʼz faoliyati doirasida yuqorida aytib oʼtilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Oʼzbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida ilgʼor ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, taʼlim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, uning natijasida innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan mamlakatimizning ilmiy- texnologik salohiyatini mustahkamlash va iqtisodiyotimizni ravnaq toptirish zarur.
2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga asosan, innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan boʼyicha direktor oʼrinbosarlari hamda oliy taʼlim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar boʼyicha prorektorlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektorlar lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, mazkur qaror ijrosi doirasida oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʼarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼyicha boʼlinmalar tashkil etildi. Jamgʼarmalarda ayni paytda 3,8 mlrd soʼmdan ortiq mablagʼ shakllantirildi.
Prezident farmoniga asosan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etildi. Jamgʼarmaning jami daromadlari bugungi kun holatiga 8,7 mln АQSh dollari miqdorida shakllantirildi. Jamgʼarma tomonidan hozirgi kunga qadar 33 nafar yosh olimning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming АQSh dollari hamda 70 mln soʼm miqdorida mablagʼ yoʼnaltirildi. Bundan tashqari, 2018 yil 20 avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov eʼlon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvaffaqiyatli oʼtdi. 2019 yili Hindiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda 40 mlrd soʼmga yaqin grantlar eʼlon qilinishi rejalashtirildi.
Innovatsion rivojlanish strategiyasining «Yoʼl xaritasi»da toʼlov-kontrakt asosida talabalarni oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich bekor qilish, OTMlarning imkoniyati va kadrlarga boʼlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul kvotasini mustaqil belgilash imkoniyatini berish hamda abiturientlarga bir paytning oʼzida bir nechta oliy taʼlim muassasasiga kirishga ruxsat berish orqali aholi oliy taʼlim qamrovini oshirish belgilangan edi. Oʼz navbatida, Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida OTMlarda qamrovni hozirgi 9 foizli koʼrsatkichdan 2019 yilda 20 foizga oshirish, keyinchalik bu koʼrsatkichni yanada koʼtarish, qabul kvotalarining oliy oʼquv muassasalari tomonidan mustaqil belgilanishi va abiturientlarga bir vaqtning oʼzida bir necha OTMlarga hujjat topshirish tizimini ishlab chiqish topshirigʼi berilgani innovatsion rivojlanish yoʼlidagi dastlabki qadamlardan biri boʼldi.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019–2021 yillarga moʼljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, xorijiy tajribalarni eʼtiborga olgan holda bosqichma-bosqich shakllantirilib, grantlar doimiy ravishda eʼlon qilinmoqda. Jumladan, 2018 yilda jami 1748 ta loyiha 193,4 mlrd soʼm miqdorida moliyalashtirilib, shundan amaliy loyihalar tegishliligi boʼyicha 912 ta va 114,5 mlrd, fundamental loyihalar 369 ta va 38,2 mlrd, innovatsion loyihalar 285 ta va 32,9 mlrd, yosh olimlarning amaliy loyihalari – 165 ta va 6,3 mlrd, xalqaro ilmiy-texnik loyihalar esa – 17 ta va 1,3 mlrd soʼmni tashkil etadi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 2018–2021 yillarda 32,3 mln АQSh dollari yoʼnaltirish koʼzda tutilgan. Аmaldagi tartibga muvofiq, texnik shartlar va import kontraktlarni ekspertiza qilishga uch oydan olti oygacha vaqt sarflanmoqda. Shu bilan birga, xarid qilinishi rejalashtirilgan laboratoriya asbob-uskunalarining koʼp qismi noyobligini hisobga oladigan boʼlsak, ularni ishlab chiqarishga ham besh oydan bir yilgacha vaqt ketadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ilmiy- tadqiqot muassasalari ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlashni eng maqbul takliflar asosida ishlab chiqaruvchilar (ularning rasmiy vakillari) bilan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar tuzish orqali xarid qilish lozim.
Ilmiy-tadqiqot muassasalarini zarur sarflash materiallar (reaktivlar) bilan uzluksiz taʼminlashga 2018–2021 yillarda 1,9 mln АQSh dollari yoʼnaltirilishi koʼzda tutilgan.
Аmaldagi tartibga muvofiq, zarur sarflash materiallar (reaktivlar) xaridini amalga oshirishga uch oydan olti oygacha muddat talab etilmoqda.
Bundan tashqari, ilmiy laboratoriyalar uchun zarur sarflash materiallari (reaktivlar)ni ishlab chiqarish hamda yetkazib berishga ixtisoslashgan maxsus muassasa tashkil etilmagan.
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi jahon standartlariga mos keluvchi milliy mahsulot yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sogʼliqni saqlash va ekologiya sohalariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali aholi sogʼligʼini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini oshirish, qishloq xoʼjaligi, jumladan, urugʼchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kabi vazifalarni bajarishni oʼz oldiga maqsad qilib olgan ekan, oʼz funktsional faoliyati doirasida istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan bir qator chora-tadbirlar va ishlarni belgilab oldi. Jumladan:



  • 2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining Taʼlim vazirligi bilan Oʼzbekistonda bolalar texnoparki faoliyatini yoʼlga qoʼyish, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Koreya texnoparklar assotsiatsiyasi oʼrtasida hamkorlik oʼrnatish;

  • Yevropa Ittifoqi bilan «Horizon 2020» dasturlari doirasida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va dasturlarda loyihalar bilan ishtirok etish;

  • «SILMAN» (АQSh) qurilish injini- ring kompaniyasining 80,0 mln АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya mablagʼlarini Fanlar Аkademiyasining Toshkent shahridagi bir qator institutlarini Ulugʼbek posyolkasida yangi bunyod etiladigan «Olimlar shaharchasi» loyihasiga jalb etish;

  • «AIRTRANS INVEST LLP» (Kanada) kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb qilish orqali jami 8,5 mln АQSh dollari miqdoridagi 4 ta innovatsion ekomehmonxona qurish;

  • «Siemens Healthineers» (Germaniya) in- vestitsion kompaniyasi bilan hamkorlikda «Koʼp tarmoqli yuqori texnologiyalar klinikasi» investitsiya loyihasini amalga oshirish;

  • ikkilamchi issiqlik va energoresurslarni ishlatish orqali kichik hajmdagi turbogeneratorlar yordamida elektroenergiya ishlab chiqarishni amalga oshirish loyihasi boʼyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

  • Oʼzbekistonda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish yoʼnalishida Smart- turizm kontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • meva-sabzavotchilik sohasida qurgʼoqchilik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli navlarni yaratishga ixtisoslashgan ilmiy- tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish;

  • innovatsion baliqchilikni yoʼlga qoʼyishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish;

  • Oʼzbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirish;

  • innovatsion ishlanmalar va istiqbolli investorlar yagona bazasini shakllantirish va uni doimiy yangilab borish;

  • xorijiy tajribani chuqur tahlil qilish asosida Oʼzbekistonda ilm-fan vakillari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar natijalarining qiyosiy tahlili va samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy-asoslangan xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish, respublikamiz ilm-fani rivojlanishining qisqa, oʼrta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli ustuvor fan yoʼnalishlari dasturi, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik muammolarni hal etishga yoʼnaltirilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqish, bu borada doimiy monitoring olib borish;

  • Oʼzbekistonga xalqaro investitsiya va moliya fondlarini jalb qilish va ularni akkreditatsiyadan oʼtkazish va respublikamizdagi faoliyatini tashkil qilish;

Xulosa
Jamiyat taraqqiyotini ilm-fan, texniknika rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, shu ma’noda dunyoning barcha mamlakatlarida ilm-fanga aloxida e’tibor qaratiladi. Shunisi e’tiborliki, ilm-fan ijtimoiy asoslarda yoki davlat tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmasin, u davlat ahamiyatiga ega bo‘ladi. O‘tmishda ham olimlar, ijod ahli faoliyati davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bizning zamonimizga kelib, u aksariyat davlatlarda xalq xo‘jaligining ajralmas sohasiga aylangan va u davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda uning ijrosi nazorat qilinadi.
Ushbu kurs ishining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin:

  • fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish negizida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini mustaxkamlash, hamda uning keltirib chiqarayotgan oqibatlaridan inson va jamiyat manfaatlariga mos keladigan to‘g‘ri yo‘nalish kasb etishi kerak;

  • hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlari va tendensiyalarini, ularning jamiyatdagi roli va funksiyalarini kompleks va chuqur o‘rganish;

  • bugungi ilmiy-texnika taraqqiyotida qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolarini hal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • bugungi kunda ijtimoiy va ilmiy-texnika taraqqiyotida ilmiy maktablarning ahamiyati va o‘rnini hisobga olish;

  • ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari birinchidan, sog‘lom nasl, sog‘lom avlodni hosil qilish ishlarining izchil yo‘lga qo‘yilganligi; ikkinchidan, dunyoga kelgan sog‘lom naslni barkamol etib tarbiyalash uchun ularga dunyoviy bilimlarning sir – asrorlarni o‘rganish ishlarining ta’lim muassasalarini tashkil etish orqali amalga oshirilayotganligi; uchinchidan, kuchli ijtimoiy himoya yuritish asosida barcha kam ta’minlangan oilalar, nogironlar va keksalarning munosib turmush kechirishlari uchun shart – sharoitlar yaratib berilayotganligi; to‘rtinchidan,zamonaviy bilim cho‘qqilarini egallash uchun zarur bo‘lgan axborot va kommunikatsion vositalar bilan ta’minlash ishlarining muntazam ravishda amalga oshirilayotganligi;

  • ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi strategik vazifalardan biri bo‘lib, chegaralar yuvilib ketish ehtimolligi kuchli bo‘lgan bugungi informatsion davrda bu ishlar axborot jamiyatini ta’sis etish imkonini beradi. Shunday ekan kelajagamiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ilmiy-texnika yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanish va ular ongida axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni milliy mentalitetimiz ruhida tarbiyalashni davr o‘zi talab etmoqda;

  • ilmiy-texnik taraqqiyotda birinchidan, texnogen sivilizatsiya transformatsiyasi va globallashuvida har qanday milliy davlatning xalqaro mavqei va maqomi uning jahon hamjamiyati bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamkorlikdan manfaatdorligiga; ikkinchidan, tarixiy shakllangan milliy texnogen sivilizatsiya an’analarini, merosini saqlashiga, dunyo xalqlari tajribalarini transformatsiyasi va ijodiy rivojlantiruvchi ob’ektiv shart-sharoitlari sub’ektiv omillari yetarlicha; uchinchidan, texnogen sivilizatsiya globallashuvining ob’ektiv xarakterini zaruriyatini, imkoniyatlarini anglash asosida, uning tendensiyasini, transformatsiyasi yo‘nalishlarini prognozlashtirish vazifalarini belgilashga; to‘rtinchidan, umuminsoniy va milliy qadriyatlar integratsiyasini global texnogen sivilizatsiya manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishning konstruktiv usullarini, ratsional vositalarini yaratishga; beshinchidan, texnogen sivilizatsiya globallashuvining muhim sub’ekti bo‘lgan milliy davlatlar boshqaruv tizimi demokratik xarakteriga bog‘liq bo‘ladi;




Yüklə 42,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin