Xotira. Kompyuterlarning xotira qurilmasi ichki va tashqi xotira qurilmalariga bo’linadi. Ichki xotira qurilmasi o’z navbatida 2 ga bo’li-nadi: doimiy (ROM) va tezkor xotira (RAM).
Doimiyxotiradan kompyuterning barcha imkoniyatlaridan to’liq foyda-lanish uchun ishlatiladigan dasturlar majmuasini doimiy saqlab turish uchun foydalaniladi. Doimiy xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lmaydi.
Tezkorxotira (RAM) kompyuterning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, ma’lumotlarni ma’lum vaqtga saqlab turish uchun ishlatiladi. Tezkor xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter o’chirilganda o’chib ketadi. Tezkor xotirada hisoblashlar juda tez bajariladi.
Kompyuterlarning imkoniyati tezkor xotiraning hajmi bilan belgilanadi. Texkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, kompyuterning imkoniyati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Zamonaviy kompyuterlar odatda 16 va 32 Mbayt hajmga ega bo’lgan tezkor xotira bilan ishlab chiqilmoqda.