Sistemali blok.
Monitоr
Klaviatura
Sichqoncha.
1. Sistemali blok. Sistemali blok kompyuterning eng asosiy qurilmasi bo’lib, quyidagilarni o’ ichigga oladi:
- mikroprosessor – ko’p hollarda prosessor deb yuritiladi. U hisoblashlarni bajaradi va kompyuter ishini boshqaradi;
- xotira – ma’lumotlarni va hisoblash natijalarini saqlash uchun ishlatiladi;
- kiritish chiqarishni nazoratchilar – bu qurilma displey, magnit disklar, sichqoncha va boshqa qurilmalar ishini nazorat qiladi;
- kiritish-chiqarish portlari – kompyuter va tashqi quril-malar orasida ma’lumotlarni almashtirib turish uchun ishlatiladi;
- vinchester (qattiq magnit disk) – ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun ishlatiladi;
- yupqa magnit disklar (disketlar)- ma’lumotlarni doimiy saqlash hamda ularni bir kompyuterdan boshqa kompyuterga o’tkazish uchun ishlatiladi.
Disketlarga vinchesterga nisbatan ancha kam miqdordagi axborotlar joylashadi.
Mikroprosessor. Mikroprosessor shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmasi hisoblanadi. Bu qurilma asosiy “intelektual” ishlarni bajaradi, arifmetik va mantiqiy hisoblashlarni bajaradi. Shu bilan birga kompyuter ishini nazorat qilib boradi.
IBM PC va Pentium kompyuterlarida asosan Intel Corporation of Santa Klara firmasi tomonidan yaratilgan mikroprosessorlardan foydalaniladi.
Ular zamonaviyligiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: 086; 286;386; 486; Pentium P5, Pentium-Pro-P6, Pentium-II, Pentium-III, Pentium-IV va hokoza. Bu raqamlar Intel firmasi prosessorlarining nomini bildiradi. Raqamlarga qarab prosessorlarning quvvatini ham aniqlash mumkin.
Bundan tashqari “Epil (Apple) firmasi ham “Makintosh (Macintosh)” turidagi kompyuterlar ishlab chiqaradi. Bu kompyuterlar qo’shimcha ovoz berish qurilmasiga, mikrofonlar, dinamiklar, modellar bilan jihozlangan. Ayniqsa, hozirgi vaqtda bu firma juda baquvvat makintosh kompyuterlarini ishlab chiqarib, amaliyotga tadbiq etmoqda. Makintosh kompyuterlari IBM kompyuterlariga qaraganda narxini ancha qimmatliligi tufayli unchalik keng tarqalmagan.
Dostları ilə paylaş: |