Maktabgacha ta’limyoshidagi bolalalar shaxsini barkamol qilib ta
Xulosa va tavsiyalar.
Yosh avlodga milliy g’urur va milliy qadriyatlarni singdirish borasida qilayotgan ishlarimiz o’z samarasini berdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalqimizning qadriyatlari urf-odatlarini ardoqlashga, ularga amal qilishga, millatimiz fidoiylari kabi jasur, vatanparvar bo’lish, Vatanimizning gerbi, bayrog’i, madhiyasi bizning faxrimiz, g’ururimiz ekanligi, Konstitutsiyamizga hurmat, Vatanni ardoqlash to’g’risidagi tushunchalari hosil bo’ldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bobolarimiz ibratini o’zlariga singdirib oladilar. Bobolarimiz qanchalar xalq, manfaatini ko’zlab tutishganliklari, ularga o’xshash inson bo’lishga harakat qilishlari kerakligini anglab yetadilar.
Mashg’ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib boriladi.
Biz maxsus shakl va metodlardan foydalanib, “Bolajon” tayanch dasturiga asoslanib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatsh shakllantirish bevosita tarbiyachi-pedagoglarga va ota-onalarga bog’liq, ikki tomonlama harakat ekani tadqiqotlarimiz davomida ko’rindi. SHuning uchun ham tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz.
Tarbiyachi-pedagoglar muomala odobi, pedagogik bilimlari, hamda doimo o’z mahoratlarini oshirib borishlari muhimdir;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirish jarayoniga jiddiy yondashib, tarbiyalanuvchilarning o’z qobiliyatini namoyish qilishiga e’tiborni qaratish kerak;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirish, ularni baholashni o’tkazish jarayonda bolalar o’zini erkin tutishi va noqulay his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak;
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga beriladigan savollar va topshiriqlarning ta’lim-tarbiya maqsadi aniq belgilangan bo’lishi, ya’ni hajmi, murakkabligi jihatidan belgilangan ta’lim-tarbiya mazmunlariga javob berishi kerak;
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan tarbiyaviy-tadbirlar ham bugungi kun talabi asosida yangiliklarga boy va bolani qiziqtira oladigan darajada bo’lishi kerak;
O’tkazilgan mashg’ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib borilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muasasalari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan ham mafkuraviy ta’lim ishlarini olib borilishi maqsadga muvofiqdir;
Har bir farzandi bo’lgan ota-onalarga tarbiyachi-pedagog sog’lom, barkamol, milliy g’ururli komil inson bo’lib yetishishlari uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash uchun o’quv markazlarini tashkish etish hamda doimiy seminarlar o’tkazib borishlar maqsadga muvofiqdir;
Yuqoridagi fikrlarning zamirida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g’ururni shakllantirish orqali ularni jamiyatda o’z o’rnini to’g’ri topib, ijtimoiy hayotga tayyorlash, Vatandan fahrlanib, unga xizmat qila oladigan, har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashdir.
XULOSA O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko’tarish mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy g’oyasi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmonida keltirilgan sharhida ham maktabgacha ta’limmuassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo’lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy urf odatlar, g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf odatsi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tili, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammalbilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi.
Kursni tugatish ishi kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
bobda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milliy urf odatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirishning mavjud holati keng yoritilgan.
bobda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda pedagogik vositalar va shakllardan foydalanish bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda pedagogik vositalar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari ochib berilgan.