Ii. Bob maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning pedagogik vositalari va shakllaridan foydalanish


-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida



Yüklə 56,85 Kb.
səhifə6/8
tarix21.05.2023
ölçüsü56,85 Kb.
#119122
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’limyoshidagi bolalalar shaxsini barkamol qilib ta

2.2. 2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida.

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi):
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish;
2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.
3. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul bo‘lgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.
Respublika komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash maqsadlari uchun — O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning ta’lim sohasiga har yilgi ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
5. Belgilansinki:
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Dastur doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
buyurtmachilar bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qo‘yiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini ta’minlash;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli ro‘yxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan ta’minlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarining aniq soni va ro‘yxatini belgilash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.


Yüklə 56,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin