Ii. Bob maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning pedagogik vositalari va shakllaridan foydalanish


II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALA -



Yüklə 56,85 Kb.
səhifə5/8
tarix21.05.2023
ölçüsü56,85 Kb.
#119122
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’limyoshidagi bolalalar shaxsini barkamol qilib ta

II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALA -
NUVCHILARIDA MILLIY URF ODATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARI
2.1.Maktab yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma‟naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o’zlikni anglash g’oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko’rinishidagi yot g’oyalargaqarshi immunitetni mustahkamlash hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi davr, ya‟ni “ milliy o’zlik”ni anglashning o’sib borayotgan yosh avlodda ayniqsa, maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllanib borayotgan milliy tuyg’ularni yanada o’stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari xalqning boy ma‟naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi.
Milliy g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg’usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e‟zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an‟analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi. Mustaqillik milliy g‟urur, vatanga, yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr – shafqat, oqibat, ota – onaga hurmat tuyg’ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr – shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni. Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “ Ko`hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim” (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy.
Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog‟liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash imkonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon harakatini tahlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:

  • kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta‟minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli shakllarda namoyon bo’ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o’ziga xos tarzda ta‟sir qiladi;

  • kishilarning o’zaro munosabalarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko’zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma‟naviy asos bo’ladi;

moddiy, ma‟naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari ham mumkin. Milliy tuyg’u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

  • millatning yutuqlar, obro’-e‟tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga befarq qarab turmaslik;

  • o’z eli, millatiga jonkuyar, o’z millatining moddiy-ma‟naviy me‟rosini asrab-avaylash;

O’zbek xalqining g’ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm- rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an‟analar mavjud. Jumladan, o’zbek xonadonlarida ota nomi mag’rur va ulug’ shaxs sifatida e‟tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ya‟ni farzandlarimizning o’z yurtiga mehr-muhabbatli bo’lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota- ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O’zbekiston fuqarosi g’urur va iftixor bilan yashaydi va uning me‟yoriga amal qiladi. Bolalar qalbida o’z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg’ularini tarkib toptirish, milliy g’ururni tarbiyalash, ularga o’zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo’st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O’zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog’i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’uni shakllantirish maqsadida o’tilayotgan mashg’ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob- axloqli, milliy g’ururli komil inson bo’lib tarbiyalashiga yordam bermog’i lozim.
Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarda milliy g’ururni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta‟lim tashkilotlari, balki oilaning ham mavjud holatini o’rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo’sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o’tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota- onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o’ylamasak xato bo’ladi. Oila tarbiyasida doimiy ta‟sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a‟zolarining o’zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta‟sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a‟zolarining o’zaro munosabatlari samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo’ladi.
Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:
-milliy g’urur, urf-odat va an‟analarimizni maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; maktabgacha ta‟lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’ularni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;

  • umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma‟naviy va ma‟rifiy tadbirlarni ko’paytirish zarur.

Maktabgacha ta‟lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’ularni shakllantirishning shakl va metodlari:

  1. Bolalarni xalq og’zaki ijodi bilan tanishtirish.

Maqsad: Vatan tuyg’usini bolalarga ona allasi, bobolar o’giti oila tarbiyasi bilan singdirish.

  1. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo’lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg’usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.

  2. Navoiyxonlik haftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy ijodi bilan sug’orish. Bolalarning ma‟naviy qadriyatlarini rivojlantirish.

  3. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Axloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-axloq, meyorlariga qat‟iy amal qilish ko’nikmasini hosil qilishdir. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san‟at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma‟lumot berish.

  4. Ma‟naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma‟lumot berish.

Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’ularni shakllantirishda xalq og’zaki ijodining marosim qo’shiqlari ham alohida o’rin tutadi. Marosim qo’shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, axloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.



Yüklə 56,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin