Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va Boshlang‘ich ta’limda grafik organayzerlardan foydalanishning ahamiyati nimadan iborat? savoli orqali muammo hal qilinadi.
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ta’lim sohasidagi g‘oyalari. Umuman olganda ta’lim nazariyasi bo‘yicha donishmand allomalarimiz va mutaxassis – olimlar ko‘plab shug‘ullanganlar.
“Antik pedagogikada tabiatga, atrof – muhitga, o‘zaro insoniy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda ta’lim – tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo‘lgan.
Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg‘un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik qarashlar mashhur “Avesto” (er. av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O‘rta Osiyo, qadimgi Hindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi kabi tushunchalar ilgari surildi.
610 yillarga kelib, islom dinining muqaddas kitoblari “Qur’oni Karim”, “Hadisi sharif” da inson mohiyati to‘la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo‘yilgan edi.
Qur’oni Karimdagi ta’lim – tarbiyaga oid ulug‘ xazina Al – Buxoriy hazratlarining hadislarida beriladi. Ta’lim – tarbiya insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib berila boshladi. Antik falsafada ham zohiriy va botiniy ilmlar uyg‘un qaralar edi. Demokrit, Pluton, Arastu asarlarida insonparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan edi.