qonuniyatlarni va tendentsiyalarni o’rganish hisoblanadi.
1. Matematik statistika usullari. U o;z navbatida quyidagi usullarga bo’linadi:
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlami matematik modellar yordamida
kuzatish va o’rganish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
Model so’zi lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor
degan
ma’noni anglatadi.
Iqtisodiy model - iqtisodiy ob’ektlaming soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi
muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o’rganilayotgan ob’ektning
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va
eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Demak, modelning haqiqiyligi to’plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik
darajasiga,
tadqiqotchining
malakasiga
va
modellashtirish
jarayoniga,
aniqlanadigan
masalaning xarakteriga bog’liqdir. SHuni ham unutmaslik kerakki, juda
soddalashtirilgan model qo’yilgan talablarga to’la javob bermaydi va aksincha,
murakkab model esa uni echish jarayoniga qiyinchiliklar tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: