Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati


Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi



Yüklə 47,19 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü47,19 Kb.
#123338
1   2   3   4
Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligi

2.3. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi
XMT ichki tarkibga va rivojlanish usullariga ega. XMTning asosiy ajralmas xususiyatlari ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisob­lanadi (2.1-rasm).


2.1-rasm. Xalqaro mehnat taqsimotining shakllari
Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixti­soslashuvi ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi – ishlab chiqarish va hududiy.
O‘z navbatida, ishlab chiqarish yo‘nalishi:

Ishlab chiqarishning xalqaro hududiy ixtisoslashuvi muayyan tovarlar va ularning qismlarining jahon bozori uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini o‘z ichiga oladi:

  • alohida mamlakat;

  • mamlakatlar guruhi;

  • mintaqalar.

Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • predmetli (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuv;

  • detalli (mahsulot qismlari va komponentlarini ishlab chiqarish) ixtisoslashuv;

  • texnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida texnologik jarayonlarni amalga oshirish.

Jahon xo‘jalik aloqalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuv keng tarqalgan.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi XMTning dinamik shaklidir. 1950-60-yillarda ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi boshlang‘ich sohalarda (avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa, ehtiyot qismlar, radioapparaturalar va boshqalar ishlab chiqarish) oldingi o‘rinda edi. 1970-80-yillarda esa tarmoqlar ichra ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi (masalan, teri va rezina poyabzallar) ajralib turadi.
Detalli ixtisoslashuv – bu alohida detallar, butlovchi qismlar, agregatlar va ularni keyinchalik ushbu qismlarni yig‘uvchi, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazib berishga ixtisoslashuvdir.
Texnologik ixtisoslashuv mamlakatning tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq muayyan operatsiyaga ixtisoslashuvini anglatadi (ya’ni muayyan texnolo­gik jarayon, masalan, yig‘ish, bo‘yash, tayyorlash va h.k.).
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli – xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning obyektiv asosi bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining o‘sib borayotgan darajasi hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro‘y berishidan qat’i nazar, mustaqil korxonalar o‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish aloqalari jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma’lum bir munosabatlar tizimi sifatida faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o‘zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi.

    1. Ishlab chiqarish-texnologik hamkorlik. Ular: a) litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish; b) loyiha-konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlarni, mahsulotning texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari, kooperatsiyalashgan korxonalarni zamonaviylashtirishni ishlab chiqish va moslashtirish; d) ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash.

    2. Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo-iqtisodiy jarayonlar.

    3. Sotilgan texnikaga xizmat ko‘rsatish.

Kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishda foydalaniladigan quyidagi uch usul alohida ko‘rsatib o‘tilishi lozim:

Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish, o‘z navbatida, ikki shaklda amalga oshadi: pudratli ishlab chiqarish kooperatsiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish.



Yüklə 47,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin