Mavzu: Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning qanday shakllari mavjud?
Reja:
1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti
2. Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
3. Ochiq iqtisodiyotning mohiyati
4. Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish
5. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari
6. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Jahon xо‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda.
Shunisi xarakterliki ushbu barcha о‘zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xо‘jaliklarni mustahkamlashga intilishi oqibat natijada jahon xо‘jaligining yanada kо‘proq baynalminalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nimani о‘rganadi, uning predmeti nima?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о‘zi va uni amalga oshirish mexanizmi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо‘p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni о‘rganadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1.Xalqaro mehnat taqsimoti.
2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini о‘rganish paytida biz jahon xо‘jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning obyektiv asosi bо‘lgan jahon xо‘jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus о‘rganish obyekti emas. Ammo u, XIM muammolarini kо‘rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xо‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud edi. Masalan-Yevropa davlatlari о‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) о‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega edi. Jahon xо‘jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bо‘ldi. Alohida davlatlar iqtisodiyotiga yoki jahon xо‘jaligiga asoslangan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kо‘proq ularga qaramdir. Ammo xalqaro iqtisodiy munosabatlar amalga oshish jarayonida о‘z qonuniyatlariga buysunuvchi holatga, jahon iqtisodiyotining mavjudlik va rivojlanish shakliga, uning ichki mexanizmiga aylanib boradi.
Jahon xо‘jaligi nima? Zamonaviy jahon xо‘jaligi bu - bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga buysunuvchi, о‘zaro bog‘liq bо‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Jahon xо‘jaligi rivojlanishinig bosqichlari. Vujudga kelish va rivojlanishda uzoq va qiyin yо‘l bosib о‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davriga bog‘lashadi. Bunda ular Rim imperiyasini о‘sha vaqtdagi butunjahon xо‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar Jahon xо‘jaligi faoliyat kо‘rsata boshlagan vaqtni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va kо‘llar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xо‘jaligi cheklangan bо‘lib, faqat savdogarlar sarmoyalari ishlaydigan soha edi.
Zamonaviy jahon xо‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapital monopol bosqichiga о‘tishi davomida vujudga keldi. XIX asr oxiri-XX asr boshidagi jahon xо‘jaligi XXasrning 60-90-yillaridagi jahon xо‘jaligidan sezilarli farq qiladi.
XX asrdagi jahon xо‘jaligi «kapital kuchiga» nisbatan kо‘p jihatdan oddiy kuchga, iqtisodiyotga yot bо‘lgan majburiyatlarga asoslangan edi. Bu davrdagi jahon xо‘jaligida о‘tkir qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bu esa uni nobarqaror qilardi. Bu imperialistik mamlakatlar о‘rtasidagi qarama-qarshiliklar (ikkita jahon urushiga olib kelgan), shuningdek, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar о‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir. XX asr о‘rtalariga kelib jahon xо‘jaligi ikki qismga: jahon kapitalistik va jahon sotsialistik xо‘jaliklarga bо‘lingan edi. Jahon
iqtisodiy aloqalari tizimida jahon kapitalistik xо‘jaligi ustunlik qilar edi. 90-yillar boshida xalqaro savdo tovar aylanmasining 10 dan 9 qismi jahon kapitalistik
xо‘jaligi doirasida ruy berardi; 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash kanallari orqali kapitalistik dunyo umumiy yalpi mahsulotining bor-yо‘g‘i 5dan 1 qismi sotilardi xolos.
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda jahon milliy daromadining 3 dan 1 qismi, shu jumladan UIYOK davlatlarida – 4 dan 1 qismi ishlab chiqarilardi.
60-yillardan boshlab jahon xо‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan davlatlar qо‘shildi. 70-yillarning о‘rtalarida ular orasida YAID-«yangi industrial davlatlar», ya’ni Janubi-Sharqiy Osiyo (1-oqim - 4 kichik «ajdaho»- Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur) va Lotin Amerikasi davlatlari Braziliya, Argentina, Meksika sezilarli darajada ajralishdi.
SSSR tarqalib ketganidan keyin va Sharqiy Yevropada inqilobiy о‘zgarishlardan keyin jahon xо‘jaligi yaxlit, butun organizm kо‘rinishni oldi. Shakllanayotgan global jahon xо‘jaligi bir tekis bо‘lmagan holda, о‘z ichiga sanoati rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar va о‘tish shaklidagi iqtisodiy tizimli davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini о‘z ichiga oladi.
Tashqi bozorga yuz tutgan Kо‘plab qarama-qarshiliklar va turlicha tendensiyalarni saqlab qolgan holda XXI asr bо‘sag‘asidagi jahon xо‘jaligi XX asr о‘rtasidagi jahon xо‘jaligidan solishtirib bо‘lmaydigan darajada kо‘proq ajralmas, integratsiyalashgan va dinamikdir.
Zamonaviy Jahon xо‘jaligining xarakteri qanaqa, uning о‘ziga xosligi nimada, kо‘rsatkichlari va rivojlanish omillari qanaqa?
XXI asr bо‘sag‘asidagi Jahon xо‘jaligi - о‘z miqyosiga kо‘ra globaldir; u tо‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv
qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi.
Urushdan keyingi о‘n yillikda Jahon xо‘jaligi rivojining yetakchi tendensiyalaridan biri, bu kо‘plab davlatlarning birin-ketin yopik milliy xо‘jalikdan iqtisodiy ochiq tipdagi xо‘jalikga о‘tish hisoblanadi. Urushdan keyingi iqtisodiy tiklash davrida va keyingi yillardagi boshlab, G‘arb davlatlari hukumatlari yanada faol ravishda oldingi avtokratik qoldiqlardan kutilyaptilar.
Aynan AQSH «Ochiq savdo», «Ochiq iqtisodiyot» degan tezislari bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida о‘z hohishlarini о‘tkazish uchun edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan jahonning eng ilg‘or savdo mamlakati sifatida yangi iqtisodiy tartib qо‘llanmalari taklif etildi. Bunday «erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi quroli, amerika korporatsiyalarining tutib bо‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Bunday «ochiq» iqtisodiyot haqida Fransiyalik iqtisodchi Mishel Pebro ochiq-oydin shunday degan «Ochiq, erkin savdo- ilg‘or iqtisodiyot uchun eng qulay о‘yin qoidalaridir».
Ammo urushdan keyingi dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning о‘zgara borishi bilan ochiq iqtisodiyot haqida tezis bir tomonlamalik, amerika ekspansionizmining manfaatlariga yо‘naltirilganlikni yо‘qotdi va obyektiv, chuqur omillar faoliyatiga asoslangan, jahon xо‘jalik aloqalarining baynalmilallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyoti (JX) baynalminallashuvi miqyosi va xarakteriga, uning ochiqligi darajasini oshishiga katta ta’sir kо‘rsatgan va kо‘rsatayotgan asosiy omillar qaysilar?
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol о‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib о‘ziga eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag‘batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot oqib kelishini yengillashtirgan mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Mamlakatlarning ochiqroq iqtisodiyotga о‘tishlari transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan tezlashdi. Yangi bozorlarni о‘zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda kо‘plab filiallar, shu’ba korxonalari tashkil etib, TMK chet davlatlarning proteksionistik tо‘siqlarni aylanib о‘tardilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni baynalminallashtirdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vositalarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotlar ochiqligi rivojlanishida, aholi harakatchanligining oshishida katta rag‘batlantiruvchi rol о‘ynadi.
Asta-sekin, uzoq vaqt mobaynida davlatlarning bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy tо‘siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkinlashtirilishi milliy xо‘jaliklarning tashqi sharoit va ta’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro mehnat taqsimotiga yanada faol qо‘shilishiga imkon yaratdi.
60-yillardan boshlab ochiqlik jarayonlari qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar boshidan Xitoy ham ochiqlik siyosatiga tarafdorligini e’lon qildi. «Ochiqlik termini» dunyoning kо‘plab mamlakatlari lug‘atiga kirdi. Masalan arabcha-«infitax», xitoycha-«kayfan».
Shunday qilib «ochiq iqtisodiyot» tushunchasiga nimalar kiradi?
«Erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» tushunchalarini farqlash lozim. «Erkin savdo» haqidagi tezis A.Smit siyosiy iqtisodiyotidan boshlanadi va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. «Ochiq iqtisodiyot» tushunchasi ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning о‘zaro almashuvining erkin harakatini о‘z ichiga olgan tovarlar savdosi sifatida «erkin savdo» tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, о‘z-о‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari о‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu jahon rivojlanishining obyektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot iqtisodiyotning yaxlitligini, jahon xо‘jaligiga, jahon bozoriga integratsiyalashgan yagona iqtisodiy majmuani nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyot bu turli hamkorlikdagi tadbirkorlik shakllaridan faol foydalanish, erkin tadbirkorlik zonalar tashkil qilish, tashqi savdoda davlat yakka hokimligini yо‘qotish (kо‘p sohalar bо‘yicha), xalqaro mehnat taqsimotida davlatning nisbiy ustunliklaridan samarali foydalanishdir.
Iqtisodiyotning eng muhim о‘lchovlaridan biri ma’lum iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va xalqaro raqobatbardoshlilik doirasida (soha va makroiqtisodiy darajada) kapital quyilmalar, texnologiyalar, axborot oqimini rag‘batlantiruvchi qulay investitsion muhitdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
- ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va koperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
- resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
- jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bо‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga о‘tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning absolyut ochiqligi yо‘q.
Stixiyali ochiqlik nafaqat iqtisodiy rivojlanish yordam bermaydi, balki iqtisodiy xavfsizlikka xavf tug‘diradi. Samaradorlik, raqobatbardoshlik, milliy xavfsizlik tamoyillari asosida kо‘rilgan ochiqlik eksport strukturasi va kapital harakati, shuningdek ular tashqi dunyo bilan о‘zaro ta’sirining faqat shakliga emas, balki valyuta, soliq, kredit va investitsiya siyosatini hisobga olmasdan turib tushunib bо‘lmaydi.
Ochiqlik miqdorining 1-darajali indikatoriga eksport va importning ichki yalpi mahsulotdagi ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. Shunday qilib, eksportning YAIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi:
Ek k E/YAIM x 100%,
bu yerda Ek - eksport kvotasi, E - eksport hajmi.
Agar Ek k 10% bо‘lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa kо‘rsatkichi import bilan YAIM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi kо‘rsatkichidir:
Ik k I/YAIM x 100%,
bu yerda Ik - import kvotasi, I - import hajmi.
Ochiqlikning kompleks kо‘rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi kо‘rsatiladi:
TSk k TS/YAIM x 100%,
bu yerda TSk -tashqi savdo kvotasi, TS - tashqi savdo oborotining hajmi.
Bu kо‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga olinmaganligidir.
Quyida «katta yettilik» davlatlari uchun tashqi savdo kvotasi kо‘rsatkichlari keltirilgan:
Angliya - 41,8%
Germaniya - 50,8%
AQSH - 17,0%
Yaponiya - 17,8%
Mamlakat ichki bozorining hajmi, uning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, shuningdek mamlakatning xalqaro ishlab chiqarishda qatnashuvining roli iqtisodiyot ochiqligi darajasi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi darajasiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Ayrim iqtisodchilar quyidagi qonuniyatni alohida ta’kidlaydilar: iqtisodiyot strukturasida asos sohalari (energetika, metallurgiya, tog‘-kon va b.) ulushi qancha kо‘p bо‘lsa, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki, iqtisodiyotning ochiqligi shuncha kam bо‘ladi. Amerika iqtisodchilari J.Saks va E.Uornerlarning fikricha milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasi mamlakatda «xaddan tashqari katta» eksport va import bojlarining yо‘qligi, milliy valyutaning «yetarli darajadagi» konvertatsiyasi mavjudligi bilan aniqlanadi, shuningdek «davlat sotsialistik bо‘lmasligi kerak».
Ishlab iqarish kuchlarini joylashtirish bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Ammo hududiy mehnat taqsimoti asosan ishlab chiqarishning hududiy tarkibini bildiradi va shu sababli u aholi va mehnat resurslarini o'z ichiga olmaydi. Aholining joylanishi esa ko'p hollarda ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish bilan belgilanadi.
Maxsus adabiyotlarda hududiy mehnat taqsimoti bilan bir qatorda geografik, regional (mintaqaviy), akvatorial mehnat taqsimoti kabi turdosh tushunchalar uchrab turadi. Albatta, ular o'rtasida jiddiy farq yo'q, faqat akvatorial mehnat taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi ixtisoslashuvini anglatadi (akva - suv demakdir).
Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo'ylab joylashtirish o'z mohiyatiga ko'ra iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi, chunki iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistema), iqtisodiy rayonlar turi vujudga keladi. Ularning o'zaro hududiy munosabati va joylanish holati iqtisodiy geografik vaziyatni ifodalaydi.
Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Ammo, u iqtisodiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababi - avvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o'zlarining u yoki bu joyda ma'lum mahsulotni yetishtirishlari esa kechroq paydo bo'ldi.
Demak, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), soddaroq qilib aytganda, turli joylarning - mamlakat yoki rayonlarning turli mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «basharasi» shakllanadi va ularning kattaroq hududiy tizimdagi o'rni o'z aksini topadi.
Agar kengroq qilib ta'riflamoqchi bo'lsak, HMT — bu ishlab chiqarish tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMT — ga turli omillar ta'sir ko'rsatadi. Ular:
• Tabiiy sharoit va qazilma boyliklari;
• Aholi va mehnat resurslari;
• Transport;
• Ijtimoiy infrastruktura;
• Ekologik vaziyat;
• Iqtisodiy geografik o'rin;
• Bozor manfaatlari va h.k.
Ayni vaqtda ana shu va shunga o'xshash omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ham hisobga olinadi. Binobarin, bu masala keyinroq mufassal o'rganiladi. Bu yerda faqat bir omilga to'xtab o'tish joiz. Gap shundaki, avvallari, ya'ni «Sotsialistik rejalashtirish» davrida eng asosiy omil o'ta markazlashgan davlat, ya'ni Butunittifoq manfaatlari edi; qolgan sharoitlarning qulaylik yoki noqulayliklaridan qat'iy - nazar, agar davlat, Ittifoq uchun qaysi bir mahsulo zarur bo'lsa, u albatta yetishtirilishi shart edi. Masalan, O'zbekistonda paxtadan tashqari boshqa qishloq xo'jalik tarmoqlari (bog'dorchilik, uzumchilik, polizchilikni ham rivojlantirish mumkin edi, ammo Ittifoq, markaz sanoati uchun paxta kerakligi tufayli bu yerda xo'jalikning tor sohasi, xom ashyoga yo'naltirilgan tizimi shakllanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari davrida vaziyat butunlay o'zgardi; endigi sharoitda yetakchi omil bozorning o'zi, talab bo'lib qoldi. Qolgan omillarning ta'siri esa bunga nisbatan sustroq. Chunki, nimaga ixtisoslashuv, nima yetishtirishni davlat emas, bozor belgilaydi, davlat esa, ilgari aytganimizdek, bu jarayonni u yoki bu vositalar yordamida tartibga solib boradi.
HMT uchun yetishtirilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni qondirgan holda albatta bozorga, almashuvga chiqarilishi kerak. Bundan ayon bo'ladiki, mazkur jarayonning asosida ishlab chiqarishning nafaqat mujassamlashuvi (kontsentratsiyasi), balki uning ixtisoslashuvi ham yotadi. Ixtisoslashuv esa mahsulotning chetga yuborilishi bilan belgilanadi. Shu bois, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning ortiqcha qismi boshqa yerga (mamlakat yoki rayonga) yo'nalishi lozim; mhsulotning shu joyning o'zida to'la, batamom iste'mol qilinishi ixtisoslashuv, HMT emas, bu oddiy natural xo'jalikdir. Sunday davlatlar jahon xo'jalik tizimiga kira olmaydilar, milliy iqtisodiyoti zaifligi sababli ular jahon bozorida ishtirok eta olmaydilar va doimo «sudraluvchi" bo'lib qolaveradilar. Agar mamlakat ichida shunday mintaqalar mavjud bo'lsa, u holda uning yagona geoiqtisodiy tizimi vujudga kelmaydi, iqtisodiy havfsizlik ta'minlanmaydi; xo'jalikning hududiy tarkibi shakllanmaganligi, xomligi natijasida ichki iqtisodiy integratsiya jarayonlari rivojlanmaydi.
HMT — ning rivojlanishida transportning roli katta. Chunki transport mahsulot ishlab chiqarilgan joy bilan uni iste'mol qiladigan rayon o'rtasidagi aloqadorlikni bajaradi, transport harakati esa mahsulotning iste'mol rayonidagi qiymatiga kiradi.
HMT - da bir necha bosqich yoki daraja mavjud. chunonchi, sobiq Ittifoq davrida ular quyidagilar edi:
• Xalqaro yoki mamlakatlararo mehnat taqsimoti;
• Sotsialistik yoki kapitalistik mamlakatlar orasidagi mehnat taqsimoti;
• Butunittifoq mehnat taqsimoti;
• Yirik iqtisodiy rayonlar doirasidagi mehnat taqsimoti;
• Respublikalar ichidagi mehnat taqsimoti.
Bu yerda ta'kidlash kerakki, ilgarigi tizimda oxirgi ikki bosqichda hududiy mehnat taqsimoti amalda yo'q edi. masalan, O'rta Osiyo iqtisodiy rayoni mamlakatga asosan paxta yetishtirib berardi; O'zbekiston ichida esa bu taqsimot yanada zaif edi.
SSSR - ning parchalanishi natijasida hududiy mehnat taqsimotining vertikal shaklida keskin o'zgarishlar yuz berdi: ilgarigi ittifoqdosh respublikalar — endigi mustaqil davlatlar, jumladan O'zbekiston jahon hamjamiyatining alohida sub'ekti sifatida bu taqsimotning birinchi bosqichidan joy oldi, ya'ni beshinchi o'rindan birdaniga birinchi o'ringa ko'tarildi. Albatta, bunday «sakrash» oqibatida anchagina muammolar yuzaga keldi. Agar bu muammoni sobiq O'rta Osiyo iqtisodiy rayoni darajasida ko'rmoqchi bo'lsak, hozirgi kunda qo'shni respublikalar o'rtasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, yagona iqtisodiy makonni shakllantirish juda qiyin bo'lib qoldi. Buning sabablaridan bir - barcha respublikalarning asosan bir xil mahsulot, ya'ni paxta yetishtirishidir.
Huddi shunday vaziyat respublikamiz ichida yanada yaqqolroq ko'rinadi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning biryoqlama, paxta yakka hokimligiga yo'naltirilgan tizimning o'rniga turli tarmoqlarga ixtisoslashgan xo'jalik tarkibini vujudga keltirish zarur. Sobiq Ittifoqdan meros qolgan hududning tor ixtisoslashuvi ayrim viloyatlarda, masalan, Sirdaryo, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazmda tamomila o'zgartirilganicha yo'q. Shu bois, mamlakatimizda ichki — mintaqalar va viloyatlar va hatto viloyat doirasida mehnat taqsimotini chuqurlashtirish lozim.
HMT ixtisoslashuvga, bir joyning ikkinchi joydan xo'jalik yo'nalishi bo'yicha farq qilishiga, hududiy rang - baranglikka olib keladi. Bu esa iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti—»ixtisoslashuv—»iqtisodiy rayonlar o'rtasida zanjirsimon aloqadorlik mavjud.
Iqtisodiy rayonlashtirish masalalari. O'zbekiston hududining tabiiy geografik jihatdan turli — tumanligi uning «geografik geometriyasini», hududiy iqtisodiyotining shakllanishiga sabab bo'ladi. Jumladan, Respublika maydonining 70 foizidan ko'prog'ini tekisliklar tashkil etishi, an'anaviy sug'orma dehqonchilik uchun kerak bo'lgan suv resurslarining notekis taqsimlanishi, aholi va ishlab chiqarish zich joylashgan voha va vodiylar bilan bit qatorda yaxshi o'zlashtirilmagan cho'l mintaqasining mavjudligi ichki hududiy - iqtisodiy tuzilmaning shakllanishini belgilab beradi. Shuningdek, bunga mamlakat geoqiyofasi (hududining konfiguratsiyasi, shimoli -g'arbdan janubi - sharqqa cho'zilganligi), chegara chizig'i, uning oddiy va murakkabligi ham ta'sir etadi.
Ta'kidlash joizki, mamlakat hududi ichki tuzilmasining tabiiy jihatdan har xilligi uning iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ahamiyatga ega. Chunki, bunday tabiiy geografik holat iqtisodiy geografik vaziyatning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining keng rivojlanishiga imkon beradi. Zero, har qanday mukammal tizim bit tusdagi tarkibiy qismlarning oddiy yig'indisi emas, balki ularning turli - tumanligidan tashkil topadi. Aynan ana shunday sharoitda hududiy birliklar bir - birini to'ldiradi, ular o'rtasida iqtisodiy integratsiya jarayoniga ehtiyoj tug'iladi vash u asosda iqtisodiyotning hududiy samaradorligi vujudga keladi.
Biror - bir mamlakatning hududi tabiiy va iqtisodiy jihatdan mutloq bir xil bo'lmaydi. Huddi shunga mos ravishda ishlab chiqarish kuchlari ham hudud bo'yicha bir tekis joylashmaydi. Notekislik esa o'ziga xos hududiy -iqtisodiy rivojlanish omilidir. Qizig'i shundaki, har qanday mamlakat yoki viloyat o'zining hududida ishlab chiqarish kuchlarini bir tekis joylashtirishga, hududlar ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishini tenglashtirishga harakai qiladi, ammo mutloq holda bunday tenglik hech qachon amalga oshmaydi.
O'zbekiston iqtisodiyoti asosan maydoni uncha katta bo'lmagan vodiy va vohalarga to'g'ri keladi Masalan, Farg'ona vodiysida (hududi Respublika maydonining atigi 4 foizini tashkil qiladi) mamlakat iqtisodiy -demografik salohiyatining ijtimoiy - iqtisodiy zichligi Respublika o'rtacha ko'rsatkichidan 7,5 marta ziyod.
Bozor munosabatlari nafaqat tarmoq va korxonalararo raqobatni, balki hududlar - iqtisodiy rayonlai orasida ham sog'lom raqobat muhitini taqozo etadi. Bunda har bir hudud o'z ichki imkoniyatlari, rivojlantiruvch kuchlaridan to'laroq va samarali foydalanishga, qulay investitsiya muhitini shakllantirgan holda eksport salohiyatin oshirishga intiladi.
Respublikamizni iqtisodiy rayonlashtirish ancha boy tarixga ega. Dastlab, masalan, 60 - yillarda bu yerda 5 iqtisodiy rayon ajratilgan: Toshkent, Farg'ona, Zarafshon, Quyi Amudaryo va Janubiy iqtisodiy rayonlar. O'shi davrlarda ham bu masala bilan ToshDU (O'zMU) iqtisodiy geograflari - V.M. Chetirkin, Yu.G. Tsapenko keyinchalik Z.M. Akramov, O.B. Otamirzaev, A.S. Solievlar hamda O'zFA Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirisl kengashi (K.N. Bedrintsev, S.K. Ziyodullaev) shug'ullanishgan. Ular ajratgan iqtisodiy rayonlarning miqdor avvallari bir xil, ammo rayonlarning tarkibida ayrim farqlar mavjud bo'lgan. Chunonchi, ToshDU rayonlashtirishd; Qashqadaryo viloyati Janubiy iqtisodiy rayoni tarkibida ko'rilgan, O'zFA da esa bu viloyat Zarafshon iqtisodh rayoniga kiritilgan; har ikkisida ham Toshkent iqtisodiy rayoni Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan tashkil etilgan.
Saksoninchi yillarda ToshDU olimlari yangi Mirzacho'l iqtisodiy rayonini ajratishini taklif qilishgan, O'zFA esa Samarqand - Qashqadaryo rayonini belgilashgan. Ayni vaqtda o'rta maktab darsliklarida bu viloyatlar alohida iqtisodiy rayonlar darajasida (ya'ni Samarqand va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlari) ajratilgan va hozirgacha shu tartibda o'qitib kelinmoqda. Shunday qilib, tarkibi jihatidan munozarasiz rayonlar faqat Farg'ona va Quyi Amudaryo bo'lgan. Keyinchalik Toshkent hamda Mirzacho'l (bir vaqtlar u O'zFA da Sirdaryo - Jizzax rayoni deb ham atalgan) rayonlari tarkibi bo'yicha ham o'zaro «murosaga» kelishilgan.
So'nggi yillarda, mamlakatimizning siyosiy mustaqillikka erishuvi, uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tishi, ichki hududiy mehnat taqsimoti va mintaqalararo iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, transport mustaqilligini ta'minlash kabi dolzarb masalalar iqtisodiy rayonlashtirish muammosini qaytadan ko'rib chiqishni talab qildi. Agar avvallari iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy — iqtisodiy tadqiqotlar «sotsialistik planlashtirish» nuqtai - nazaridan olib borilgan bo'lsa, hozirgi sharoitda u, eng avvalo, davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatini amalga oshirish uchun zarurdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan va uzoq istiqbolni hisobga olgan holda mamlakat milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibini 6 ta asosiy iqtisodiy rayonlar yoki mintaqalar majmuasi shaklida kiritish taklif qilinadi. Bu yerda avvalgi rayonlashtirishdan farq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga tegishli. Qashqadaryo viloyatini, yangi G'uzor - Boysun - Qumqurg'on temir yo'lini qurilishi munosabati bilan, Surxondaryo bilan birgalikda Janubiy iqtisodiy rayoni tarkibiga, Samarqand viloyati esa, uning tarixiy - geografik rivojlanish omilini e'tiborga olib, an'anaviy Zarafshon iqtisodiy rayoniga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |