Xalqaro iqtisodiy munosabatlam ing qanday shakllari mavjud
Tashqi iqtisodiy aloqalar. О‘zbekiston mustaqillikni qо‘lga kiritishiga qadar mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat sobiq Sovet Ittifoqining tegishli vazirliklari ixtiyorida bо‘lgan. О‘sha davrlarda respublika vazirliklari ichki xо‘jalik aloqalarini amalga oshirish bilan chegaralanib qolgan edi. О‘tgan asrning 80-yillari 2-yarmida О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari faoliyat kо‘rsata boshladi. О‘zbekiston bir qancha xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yishga kirishdi. Bu masala respublika rivojining ustuvor, davlat siyosatining muhim yо‘nalishlaridan biri bо‘lib qoldi.
Bu yо‘nalishda dastlab, “О‘zbekxorijsavdo” (“О‘zbekinotorg”) birlashmasi faoliyat kо‘rsatdi. Uning negizida 1990 yil 12 iyulda О‘zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qо‘mitasi tashkil etildi. 1992 yil 12 fevralda bu davlat qо‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 17 noyabrdagi “Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini qayta tashkil etish” tо‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qayta tashkil qilindi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish tо‘g‘risida” gi farmoniga asosan О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va tashqi savdoni yanada erkinlashtirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida” gi farmoniga asosan, О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
О‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo sohasidagi yangi strategiyasi quyidagi yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi: tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash; jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollarini hamda samaradorligini hisobga olgan holda uluarning ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlarni о‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bо‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish va boshqalar.
Mustaqil Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi siyosati jahondagi juda kо‘p mamlakatlar bilan kо‘p tomonlama aloqalarni kengaytirishda о‘z ifodasini topmoqda. Hozirda О‘zbekiston 140 dan ortiq davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni о‘rnatgan. Shulardan 42 tasi bilan о‘zaro savdoda qulaylik berish rejimi tadbiq etilgan, 47 ta davlat bilan esa investitsiyalarni о‘zaro himoya qilish bо‘yicha bitimlar imzolangan (2006). О‘zbekistonning Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikaning 70 dan ortiq davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ularning orasida О‘zbekistonning Rossiya (tashqi savdo aylanmasida ulushi 21,7%), Koreya Respublikasi (5,9%), Turkiya (5,5%), Qozog‘iston (5,4 %), Xitoy (5,1%), Eron (4,9%), Germaniya (3,4%), AQSH (2,8%) va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari muhim о‘rinda turadi (2006).
Yangi ishlab chiqarishning yо‘lga qо‘yilganligi va tovarlar eksportining oshishi natijasida 2005 yilda О‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 1991 yilga nisbatan 18,7 barobar oshib, 9,5 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi. (1-jadval) Sо‘nggi yillarda eksport qilinayotgan tovarlar nomenklaturasi ham о‘zgarib bormoqda. Avvalambor, eksportga xom ashyo emas, balki raqobatbardosh tayyor mahsulotlar chiqarilmoqda. Eksportning asosini quyidagi tovarlar tashkil qilmoqda: paxta tolasi, mashina va uskunalar, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, qora va rangli metallar va ulardan ishlangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, tо‘qimachilik mahsulotlari, avtomobillar, samolyotlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, о‘g‘itlar, xizmatlar va boshqalar.
О‘zbekistonga, asosan quyidagi tovarlar import yо‘li bilan olib kelinadi: mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora va rangli metallar va ulardan ishlangan buyumlar, farmatsevtika mahsulotlari, transport vositalari va boshqalar. Agar mustaqillikning dastlabki yillarida jami eksport hajmining 50% dan ziyodi paxta tolasining ulushiga tо‘g‘ri kelgan bо‘lsa, hozirgi paytda u 20% dan ham kamroqni tashkil etmoqda. Ayni paytda paxta ip va ip gazlamalar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, avtomobillar eksporti tezkor о‘sdi, xizmatlar va boshqa mahsulotlarning eksporti ham ortib bormoqda. 2000-2005 yillarda mahsulot eksporti bо‘yicha muhim natijalarga erishildi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlarni eksport qilish 2003 yilda 24,6% ga, 2004 yilda esa 30,3% ga oshdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushi 52% ga yetdi.
Import tarkibida ham sifat о‘zgarishlari rо‘y berdi. Yetakchi sanoat tarmoqlarini zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan yangilash, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga yо‘naltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish tomon tutilgan yо‘l davom ettirildi. Import qilinadigan mahsulotlar tarkibida mashina va asbob-uskunalar ustunlik qilmoqda. Tashqi savdo munosabatlarini bundan buyon yanada rivojlantirishda tayyor mahsulot va butlovchi qismlarni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga katta ahamiyat berilmoqda.