Xalqaro iqtisodiy munosabatlam ing qanday shakllari mavjud
Yuqorida ajratilgan asosiy iqtisodiy rayonlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: Katta iqtisodiy va demografik salohiyatga ega bo'lishi (aholisi hamida 1,5 — 2,0 mln kishi, yalpi milliy mahsulot 5/oizdan ortiq);
Mamlakat milliy iqtisodiyoti va uning eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi;
Ichki hududiy — iqtisodiy jihatidan yaxlitlik;
Rayon hosil qiluvchi tarmoq va markazlarning mavjudligi;
Mintaqaviy iqtisodiyotning kompleks rivojlanganligi;
Xo'jalikning bazaviy sohalariga ega bo'lishi (elektr energetika, qurilish vapaxta tozalash sanoati);
Transport va boshqa infrastruktura tizimining shakllanganligi va boshqalar.
Mazkur imkoniyatlarga ega bo'lgan har bir iqtisodiy rayon ikki asosiy vazifasini bajaradi: birinchidan, u mamlakat iqtisodiyotining katta bir qismi sifatida uning muhim ijtimoiy - iqtisodiy muammolarini hal etishi va, ikkinchidan, o'zining alohida hududiy — iqtisodiy birlik (tizim) darajasida mustaqil rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Birinchi vazifa iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuvi, ularning mintaqalararo, milliy va jahon bozorlariga chiqishini, ikkinchisi esa kompleks (ya'ni har tomonlama) rivojlanishini nazarda tutadi.
Demak, ixtisoslashuv va kompleks; ixtisoslashuv rayon «basharasi», o'rnini ifodalab uning faolligi va harakatchanligi belgilasa, komplekslik tamoyili rayon xo'jaligining ichki jihatdan har tomonlama rivojlanishi, mahalliy muammolarni hal eta olishini ta'minlaydi. Shu bilan birga komplekslik turli bosqichdagi hududiy birlikda bir xil bo'lmaydi. Quyi darajadagi komplekslik yuqori bosqichdagi hudud iqtisodiyoti kompleksligidan torroqdir. Ayni vaqtda quyi darajadagi rayonning ixtisoslashgan tarmoqlari yuqori bosqichdagi rayon va mamlakat milliy iqtisodiyotida mahalliy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
O'zbekiston iqtisodiy rayonlarining maydoni har xil: ularning o'rtasidagi farq 12 karraga (martaga) barobar. Eng kichik rayon Toshkent, eng kattalari esa Quyi Amudaryo va Zarafshon iqtisodiy rayonlaridir. Birgina Qoraqalpog'iston Respublikasining maydoni Zarafshon iqtisodiy rayonidan, Navoiy viloyati Toshkent, Mirzacho'l, Farg'ona va Janubiy iqtisodiy rayonlar yig'indisidan kattaroq. Eng kichik viloyatlar Sirdaryo va Andijon bo'lib, ularning hududi 4 ming kv. km atrofida.
Demografik salohiyat ham bir xil taqsimlanmagan. Masalan, Farg'ona mintaqasi O'zbekiston Respublikasi aholisining 28 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, aholi soni Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlarida ham ko'proq, Mirzacho'l mintaqasida esa u atigi, 6,6 foizni tashkil qiladi, xolos.
Yalpi milliy mahsulot bo'yicha oldingi o'rinda Toshkent iqtisodiy rayoni, eng orqada - Mirzacho'l turadi. Yalpi milliy mahsulot va demografik salohiyat o'rtasidagi nisbatan (indeks) faqat Toshkent va qisman Zarafshon iqtisodiy rayonlarida ijobiy, ya'ni 1,00 dan yuqori, qolgan mintaqalar bu jihatdan zaifroq.
Sanoat ishlab chiqarishi ham aynan ana shu iqtisodiy rayonlarda rivojlangan. Viloyatlar miqyosida esa Toshkent va Navoiy keskin ajralib turadi; Farg'ona, Sirdaryo, Andijon, Buxoro viloyatlari o'rtacha va undan biroz yuqoriroq darajada. Ayni vaqtda qolgan viloyatlar, ayniqsa Jizzax, Surxondaryo, Namangan hamda Qoraqalpog'iston sanoati uncha taraqqiy etmagan.
Agrar soha, Toshkent, Farg'ona va Zarafshon rayonlarida yaxshiroq rivojlangan, qolganlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarining nisbiy ko'rsatkichlari rayonlar demografik salohiyatidan past. Binobarin, aytish mumkinki, ular o'zlarining qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'la qondira olmaydilar. Bu xulosa, eng avvalo, Jizzax, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasiga dahldor.
Investitsiya muhiti Toshkent va Janubiy iqtisodiy rayonlarda qulayroq (xususan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida). Bu jihatdan Navoiy viloyatida ham umumiy vaziyat yomon emas, ammo Mirzacho'l mintaqasi va Surxondaryo viloyatiga sarf qilingan kapital mablag'lar miqdori ancha kam. Ijtimoiy sohalar rivojlanishi ham mintaqalar va viloyatlar miqyosida turlicha. Jumladan, bu holat Toshkent mintaqasida birmuncha ijobiy bo'lsa, qolganlarida va, ayniqsa Jizzax, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari hamda Mirzacho'l mintaqasida savdo oboroti va aholiga pullik xizmat ko'rsatish darajasi ancha pastroq.
Har bir iqtisodiy rayon mumkin qadar o'zining elektroenergetika qurilish ba'zasiga ega bo'lishi kerak. Elektroenergetika tizimi Toshkent, Mirzacho'l va qisman Zarafshon iqtisodiy rayonlarida yaxshiroq shakllangan, qolgan rayonlarda esa u bo'shroq. Qurilish ba'zasi Toshkent, Farg'ona va Zarafshon rayonlarida mavjud. Bu soha ayniqsa Quyi Amudaryo, Farg'ona hamda Mirzacho'l rayonlarida muammodir.
O'zbekiston uchun uning barcha rayonlarida paxta tozalash sanoati va to'qimachilik rivojlanishi xosdir. To'qimachilik hozirgi kunda ko'pgina iqtisodiy rayonlarda mavjud, u faqat janubiy va xususan Mirzacho'lda rivojlanmagan xolos.
Jadvaldagi rayonlar (tumanlar emas) asosiy iqtisodiy rayonlar hisoblanadi. Undan yuqori va quyi bosqichlarni ham ajratish mumkin. Masalan, katta ko'lamda Respublikada Markaziy (Toshkent va Mirzacho'l iqtisodiy rayonlari), janubi — g'arbiy (Zarafshon va janubiy - iqtisodiy rayonlar) hamda asosiy iqtisodiy rayonlarga mos holda janubi -sharqiy (Farg'ona) va shimoli - g'arbiy (Quyi Amudaryo) mintaqalar ajratiladi.
Quyi darajadagi iqtisodiy rayonlar faqat hududi kattaroq ichki tafovutlari sezilarli bo'lgan viloyatlarda shakllangan. Jumlandan, Toshkent mintaqasida Toshkent - Chirchiq, Angren - Olmaliq, Bekabod - Namangan viloyatida Namangan va Chust - Pop, Farg'ona viloyatida Farg'ona va Qo'qon, Samarqand viloyatida Samarqand va Kattaqo'rg'on rayonlari («okruglari») ajratilish mumkin. Ta'kidlash zarurki, HMT mintaqalarning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashga yordam beradi. Ammo, shu bilan birga hududlararo iqtisodiy aloqalar ham kerak. Zero, hududlarning xo'jalik ixtisoslashuvi bo'yicha turlanishi ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi.
HMT va integratsiya natijasida turli miqyosdagi bozorlar vujudga keladi. Ular mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo, milliy va xalqaro darajada bo'ladi. mamlakatlar doirasidagi bozorlar esa amaldagi iqtisodiy rayonlar chegarasini belgilaydi, chunki har bir bosqichdagi bozor o'zining ta'sir doirasiga, makoniga ega. Nemis olimi A. Lyosh ham o'z vaqtida iqtisodiy landshaftlar (rayonlar)-ni bozorlar makoni, ta'sir radiusi yoki hududi bilan aniqlangan edi, hozirgi kunda esa ixtisoslashgan tarmoqlarni bozorga ixtisoslashgan tarmoqlar, deb ham aytishadi. Har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining barkamolligi mustahkamligi bosqichma - bosqich turli darajadagi bozorlarni o'z mahsuloti bilan to'yintirilishi, import mahsulotlarining o'rnini qoplovchi imkoniyatlarni yaratish negizida amalga oshiriladi. Huddi shu maqsadda xalq iste'mol mollarini ko'proq yetishtirish ayni muddaodir.
Hozirgi davrning eng muhim muammolaridan bir - respublika ichida hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish, iqtisodiy rayonlar va viloyatlar xo'jalik tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu o'rinda barcha hududlarning faqat yoki asosan paxtachilikka ixtisoslashuvi aslo shart emas; u bilan birga xo'jalikning yana boshqa sohalari ham rivojlanishi zarur. Masalan, Farg'ona iqtisodiy rayonida (paxtachilikdan tashqari) pillachilik, bog'dorchilik, to'qimachilik va mashinasozlik (avtomobilsozlik), Qashqadaryo - neft va gaz sanoati, Qoraqalpog'istonda — ximiya rivojlanishi va h.k. Ana shundagina mintaqalar mamlakat tashqarsidagi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa ochiq, erkin iqtisodiyot, bozor munosabatlariga mos keladi, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga sharoit yaratadi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, mamlakatlarning alohida, «berk», ya'ni eksport - importsiz rivojlanishi yaxshi iqtisodiy natijalar bermaydi. Shuning uchun ilg'or mamlakatlarda ochiq savdo, ya'ni fritreder printsiri mavjud. Bizning mustaqil mamlakatimiz ham xalqaro geografik mehnat taqsimotida, jahon bozori va xo'jalik tizimida o'ziga munosib va nufuzli o'ringa ega bo'lishi kerak. Respublikaning bunday faolligi esa mintaqalar -iqtisodiy rayonlar va viloyatlar salohiyati orqali amalga oshiriladi.
Hududiy mehnat taqsimotining yuqori bosqichida ham jiddiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Eng muhimi jahon xo'jalik tizimi yanada rivojlanib bormoqda. Bunga sabab bu tizimning globallashuvi, mamlakat va regionlararo mehnat taqsimotining takomillashuvi, iqtisodiy integratsiya jarayonlarining faollashuvi, yirik Trans — milliy kompaniya va korporatsiyalarning butun dunyoni o'rgimchakdek o'rab olishi va boshqalardir.
E'tiborga olish joizki, avvallari jahon mamlakatlari u yoki bu mahsulot yetishtirishga moslashgan bo'lsalar (Braziliya - kofe, Kuba-shakar, Mo'g'iliston - teri, jun), endigi kunda ular mahsulotlarning turli xillariga ixtisoslashishmoqdalar. Ayni vaqtda yetuk mamlakatlar ilmiy - texnika taraqqiyotining oldingi saflarida bori, zamonaviy, ilm talab ishlab chiqarish tarmoqlariga, yangi texnologiyalarga (nou-xau) ixtisoslashib bormoqdalar. Ulardagi mavjud ishlab chiqarish sohalari boshqa mamlakatlarga ko'chmoqda. Natijada mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi darajasidagi farq, notekis holda kuchaymoqda.
Shu bilan birga xalqaro miqyosda mamlakatlarning ayrimlari quro - yaroq ishlab chiqarishga, yana ba'zi birlarining norasmiy ravishda narkobiznesga ixtisoslashuvi ham kuzatilmoqda. Bundan tashqari, xizmat ko'rsatish, xalqaro turizm ham qator mamlakatlarning rivojlangan industriyasiga aylanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimotining yanada chuqurlashuvi va intensivlashuvi natijasida dunyoning turli qismlarida mamlakatlarning yirik hududiy - iqtisodiy birikmalari vujudga kelmoqda. chunonchi, 1957 yilda shakllangan Yevropa Hamjamiyati yoki Umumiy bozor - hozirzi Yevropa Ittifoqi 15 mamlakatni o'z doirasiga oldi va ular orasida mehnat taqsimoti rivojlanmoqda (2010 yilgacha bu Ittifoqqa yana 11 mamlakatning qo'shilishi mo'ljallanmoqda). Huddi shunga o'xshash Osiyo - Tinch okeni regioni, Shimoliy Amerikada ham yirik mamlakatlararo iqtisodiy tizimlar paydo bo'lmoqda. Ehtimol kelajakda ular MDH hududida, jumladan, O'rta Osiyo va Qozog'iston mintaqasida ham shakllanishi mumkin. Buning oqibatida xalqaro mehnat taqsimotining asosiy sub'ekti sifatida alohida mamlakatlar emas, balki ko'proq mamlakatlararo iqtisodiy iyushmalar katta ahamiyatga ega bo'ladi.