96
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya‟ni fonga joylashtiriladi va
o„ylangan tasvir hosil qilinadi;
Agarda bu tasvir ma‟qul bo„lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi;
Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o„rnini
qalam bilan belgilab qo„yiladi;
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko„ramiz.
Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o„qini o„tkazish va
elementlarni shunga ko„ra joylashtirish lozim.
Bu ishlar o„quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni
o„stirishga yordam beradi. Bolalarda qo„yilgan maqsadga erishish yo„lida
qat‟iyatlik, tartiblik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bilan ishlash ko„rsatmalariga
rioya qilish, tashabbuskorlik ko„rsatish ko„nikmalari shakllanadi. O„quvchilar
tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik
material, o„quvchilar nutqini o„stirish vositasi bo„lishi, ularning predmetlari
shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat
qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: