Ilgari bajarilgan hisoblardan yetaklovchi val uchun quyidaglar ma’lum.
Ft1=……..N Fr1=……..N Fa1=……..N
Tasmali uzatmadan valga ta’sir etayotgan yuklanish
Fv=……..N d1=…….. mm Rx1=Rx2=Fvsin450=
(Agar kinematik sxemada zanjirli uzatma berilgan bo‘lsa u holda valga zanjirli uzatmadan ta’sir etayotgan yuklanish Fb olinadi. Bizda bu qiymat Fv=……..N ga teng).
Ko‘proq yuklangan tayanch -2 bo‘yicha podshipnik tanlaymiz.
……..-radial podshipnikni tanlaymiz. Bu podshipnikning o‘lchamlari dp=35 mm, D=80 mm, B=…….mm, C=……..kN va C0=………kN.
Ekvivalent yuklanishni ifoda orgali aniqlanadi. Bu erda Pr1=1592,4N -radial yuklanma, o‘q bo‘ylab yo‘nalgan yuklanma Pa=Fa=………N, V=1(podshipnikni ichki halqasi aylanadi), lentali konveyr yuritmalari uchun xavfsizlik koeffisiyenti K=1 va temperatura koeffisiyenti KT=1 ([1]jadval 9.19,9.20) (ishlash sharoitidagi temperature 1250dan past bo‘lganligi uchun)
Nisbat bu qiymatda mos keladi. ([1] jadval 9.18)
Nisbat
Demak
Hisobiy umrboqiylik mln.ayl.([1].19.1 ifoda)
Reduktorni ikkinchi bosqichda kompanovkalashdan maqsad tishli g‘ildiraklarni, vallarni,quti, podshipnik uzellarini konstruktiv chizmasini chizishdan vallar va boshqa ayrim detallarning chidamliligini tekshirish uchun ma’lumotlar olishdan iborat.
Bajarish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Shesternya va tishli g‘ildirakni oldingi bo‘limlardan aniqlangan konstruktiv o‘lchamlari asosida chizib olamiz. Shesterniya val bilan bir butun holda tayyorlaymiz.
Yetaklovchi val uzelini konstruksiyasini chizib chiqamiz:
reduktorni o’rtasidan masofa uzoqlikda ( =…….mm) o‘q chiziqlarini chizib olamiz. Bu o’q chiziblardan foydalanib podshipniklarni kesimda chizib olamiz. (podshipnikni bitta yarmini kesimda chizib ikkinchi yarmini jussalarini ko‘rsatishga ruhsat etiladi)
Podshipniklarini yon tomoni bilan qitu devori orasida moy to‘suvchi halqalarni chizib olamiz (1-9.39 rasm) Bu halqalarning yon tomonlari quti ichiga qarab 12 mm chiqib turishi kerak. Shunda bu halqalar bir vaqtda yana moyni uloqtirib beruvchi halqalar vazifasini ham bajaradi. Valning pog’onalar sonini kamaytirish uchun ushbu halqani valdagi podshipnik o‘rnatiladigan diametrda joylashtiramiz (=35 mm) Halqalarni val o‘qi boylab siljishi bir tarafdan podshipniklarning ichki halqasini yon tomoni, ikkinchi tomondan valdagi kattalashtirilgan diametrli bo‘lak bartaraf etadi.
Podshipniklarni qopqoqlarini zichlovchi tiqinlari (qalinligi 1mm) va boltlari bilan chizamiz. Bolt shartli ravishda chizma tekisligidagi qirqimda ko‘rsatiladi. Namat (kig‘iz) va fetr zichlagichlar asosan palstik moylar ishlatilgan uzellarda qo‘llaniladi. Manjet tipidagi zichlagichlar esa ham plastic ham suyuq moylovchi materialda kens qo‘llaniladi.
Valning ……. mm dan ….. mm (IV qismda qabul qilingan) qismiga o‘tish joyini podshipnik qopqog’ining yuzasidan 10-15 mm nari masofasida olinadi. Bu valning shu qismiga o‘rnatiladigan detallarni (bizning holatda tasmali uzatmani yetaklanuvchi g’altagi) qopqoqni mahkamlovchi boltlarga teginmasligini ta’minlaydi.valning uchki qismini uzunligi unga o‘rnatiluvchi detal o‘lchami bo‘yicha aniqlanadi (bizni holatda u yetaklanuvchi g’altak gupchagi uzunligiga bog’liq). Huddi shu tarzda yetaklanuvchi valning konstruksiyasi chiziladi. Bu erda quyidagilarga e’tibor berish lozim.
Tishli g‘ildirakni o‘q bo‘ylab siljishini bartaraf etish uchun valni bir tomonida yo‘g‘onlashgan qismni va ikkinchi tomonida tiraluvchi vtulka (tiqin)ni o‘rnatish uchun joy qilamiz; valning …… mm. dan …… mm. ga o‘tish joyini 23 mm tiraluvchi vtulka tomonga siljitamiz va bu bilan moy to‘suvchi halqani vtulkani yon qismiga (valning yelkasi emas!) qisilishini ta’minlaymiz.
Reduktorni o‘rtasidan =…….mm masofa qoldirib o‘q chiziqlarini chizamiz va yetaklanuvchi valning podshipniklarini chizamiz.
Moy to‘skich halqalarni, podshipniklarning qopqoqlarini qistirma (prokladka) va mahkamlovchi boltlar bilan chizamiz;
=85 mm masofa bilan valning g’altak (yoki yulduzcha) o‘rnatiladigan qismini chizamiz. Valdagi diametrdan diametrga o‘tish joyini 23 mm podshipnik tomonga siljitib chiqamiz va bu bilan moy to‘suvchi halqani podshipnikning ichki halqasiga tiralishini ta’minlaymiz (valga emas!). Yetaklovchi va yetaklanuvchi vallarda GOST23360-78 bo‘yicha chetlari yumaloqlashtirilgan prizmatik shponkalarni qo‘llaymiz. Shponkalarni uzunligini gupchak uzunligidan (yarim mufta uzunligidan) 510 mm qisqa qilib chizib olamiz. Bevosiga chizmadan o‘lchash yo‘li bilan tayanchlar orasidagi masofani va tayanchlarga nisbatan tishli g‘ildirak, g’altak (yoki yulduzcha) yarim muftalargacha bo‘lgan masofalarni o‘lchab olamiz. Agar bu o‘lchamlar dastlabki o‘lchamlardan ( , , lardan) keskin farqlansa unda tayanchdagi reaksiya kuchlarini aniqlashtirib yangitdan podshipniklarning umrboqiyligini tekshiramiz.