Iii-bob."Saxovat teks" mchjda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yо’llari


-Aqlli korxona elementlarining o‘zaro bog‘liqligi.3



Yüklə 170,01 Kb.
səhifə2/8
tarix13.06.2023
ölçüsü170,01 Kb.
#129557
1   2   3   4   5   6   7   8
3- BOBGA

3.1.1-Aqlli korxona elementlarining o‘zaro bog‘liqligi.3
Bunday tizimlar endigina rivojlana boshladi, ammo kelajakda ular korxona xodimlarga zamonaviy ma’lumotlarni taqdim etish, real vaqtda qaror qabul qilishda yordam berish va turli vazifalarni bajarish uchun keng foydalaniladi.
Shunday ekan, raqamlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatlarini o'rganish va raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirish algoritmini shakllantirish ob’ektiv zaruriyat sifatida maydonga chiqmoqda.
Shuningdek, Saxovat teks MCHJ da ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun korxonaga raqamli texnologiyalarni joriy etish bir muncha afzaliklarni olib keladi hamda korxonaning samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish,korxonada ishlab chiqarish liniyalarini avtomatlashtirish, robotlar va ishlab chiqarishni boshqarish tizimlaridan foydalanish ko’lamini oshirish korxonaning raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishi uchun asos bo’la oladi.
Shuningdek, Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarishni boshqarish, resurslarni hisobga olish va buyurtmalarning bajarilishini nazorat qilish uchun korxonalarni boshqarish tizimlaridan unumli foydalanish yaxshi natija beradi. Qo’shimcha sifatida Saxovat teks MCHJ da ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, hamda talabni bashorat qilish va inventarizatsiyani boshqarish uchun ma'lumotlar tahlilini o’rganib chiqan holda ishlab chiqarish samaradorligini bir muncha oshirish mumkin. Keyngi masalada esa korxonada ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulot sifatini nazorat qilish imkonini beruvchi sifat menejmenti tizimini joriy etish ish ko’lamini oshishga sabab bo’ladi.
Amaliyot davomida Saxovat teks MCHJ obyektini to’la kamera nazoratida ekanligi va hodimlar to’laqonlik nazorat ostida ekanligi ma’lum bo’ldi bu esa korxonaning rahbarlarini ishni tashkil etish layoqati mavjudligini bilisimiz mumkin.Korxonaga raqamli texnologiyalarni joriy etishning yana bir muhum hisoblangan elementlaridan biri bu ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish, hamda IT infratuzilmasi xarajatlarini kamaytirish va ma'lumotlar xavfsizligini oshirish ham korxonaning salohiyatini oshirishni taminlaydi. Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda yengil sanoatda ishlab chiqarilgan maxsulotlarning o’z iste’molchilarini topishi uchun juda ko’plab ishlar olib borilmoqda, ulardan eng afzali bu elektron platformalarni yaratish hamda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni elektron tarzda iste’molchilarga yetkazish sotish hisoblanad .
Rivojlangan mamlakatlarda shu yo’lni tanlamagan kompaniyalarni aksariyati inqiroz holatga tushayotganini ko’rishimiz mumkin. Biz tadqiqot olib borgan korxonada ham afsuski maxsulotlarini sotish uchun o’z platfo’rmasiga ega emasligini kuzatishlarimiz asosida guvoh bo’ldik bu esa korxonani kelajakda o’z iste’molchilaridan mahrum bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Elektron tijoratni rivojlantirish va mahsulot sotish uchun onlayn platformalardan foydalanish, korxona uchun mijozlar bazasini kengaytirish va sotishni ko'paytirish imkonini beradi. Shuningdek korxonaning logistika va yetkazib berish tizimini rivojlantirish kerak, bu yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish hamda iste’molchilar tomonidan buyurtma berish va mahsulotni olish o'rtasidagi vaqtni qisqartirishga imkon beradi. Bu esa korxonaning vaqt samaradorligini oshishiga ham sabab bo’ladi.
Shu bilan birga korxonada ish tashkil qilishda yuqoridagi tavsiyalarimiz asosida ish olib borgan taqdirda qanday iqtisodiy o’zgarishlarga erishishi mumkinligi haqida quyda keluvchi jadvalar asosida bilib olishimiz mumkin. 3.1.1-jadvalda korxonaning shu kungacha ishlab chiqarish bilan shug’ulangani va uning iqtisodiy holati aks ettirilgan.


N


Yüklə 170,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin