bola tarbiyalanayotgan muhitdagi axloqiy tajriba, xulqiy odatlar jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy, milliy axloq mezonlariga mos kelmasligi;
bolada ilgari shakllangan qiziqish va istaklar axloqiy tarbiyaning maqsadiga to’g’ri
kelmasligi;
bolaning irodasi, o’zni tuta bilish darajasi bilan tarbiyachi o’qituvchining talablari bir –
biriga to’g’ri kelmasligi;
bolaning jamoada o’z o’rnini topishga bo’lgan intilish bilan o’z manfaatlarini jamoatning manfaatlariga bo’ysundirirsh zarurligini bir – biriga mos kelmasiligi;
tarbiyachi, o’qituvchining pedagogik, axloqiy madaniyat darajasi o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo’yilayotgan vazifalar, talablarga mos kelmasligi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda axloqiy tarbiya jarayoniga xos qarama-qarshilikalar manfatdorlik axloqliy - ruhiy omillar, shuningdek, muhit ta‘sirida sodir bo’lishi mumkin. Bunday faktorldar qatoriga qo’ydagilar kiradi:
Pedagogning talabalar bilan o’zaro muommalasi
Pedagogik axloqda ta‘lim-tarbiya jarayonida vujudga kelib, an‘anaga aylanib qolgan ayrim qoidalar sub‘ektiv qarama-qarshiliklar va konflektlarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi ko’rsatilgan. Masalan, shunday qoidalardan biri–har qanday holatda ham o’quvchi oldida muallimning obrusni saqlash kerak, degan tushunchadir. Bu qoidaga amal qilaman deb, muallim ba‘zan o’z vijdoniga qarshi ish tutadi., kasbdoshi nohaq bo’lsa ham uning harakailarini to’g’ri deb isbotlashga, o’quvchini esa ayblashga, yomonlashga urinadi. “Muallimni o’quvchi tanqid qilishi mumkin emas”, degan axloqiy qoida ham o’qituvchining obro’sini saqlash uchun o’ylab topilgan.
Pedagogik axloq normalari
Pedagogik axloq normalariga amal qilishga muallim odob- muomala qoidalarini buzmasligi, shu bilan birga muallimning xulqi o’qituvchilar xatti- harakatlarini, hzaro munosabatlarini ham tartibga solib borishi haqida g’amxurlik qilmoq kerak.
Voqeiy hikoyat. Ikkinchi sinfga boshqa maktabdan yaqinda kelgan Diloromni muallim o’qish uchun doskaga chiqaradi. Dilorom harflar va bo’g’inlarni zo’rg’a o’qiyotgani, o’qiy olmay qiynalayotganidan uyalib qizardi, to’xtalib qoldi. Sinfdagi bolalar kulib yubordilar. Chunki bu sinfdagi bolalarning hammasi yaxshi o’qiydigan bo’lib qolgan edilar. Bolalarning bu kulgusi Diloromga qattiq salbiy ta‘sir etdi. Muallim qiynalib zurg’a o’qiyotgan Diloromni o’qishdan to’xtatib ko’lgan bolalarga tanbeh berdi.bolalarning bk qilig’i odob qoidalariga to’g’ri kelmas edi.