Toshkent viloyati Angren universiteti Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidan
Reja
1.PEDAGOGIK JARAYON ISHTIROKCHILARINING AXLOQIY-RUHIY HOLATI, KAYFIYATI
2. PEDAGOG BILAN TALABA O’RTASIDAGI MUOMALA
3. XIZMAT KO’RSATGAN O’QITUVCHI
4. PEDAGOGNING TALABALAR BILAN O’ZARO MUOMMALASI
PEDAGOGIK JARAYON ISHTIROKCHILARINING AXLOQIY-RUHIY HOLATI, KAYFIYATI
O’zbekiston maktablarida ta‘lim-tarbiya ishlari, pedagogik faoliyatning samaradorligi, ta‘sirchanligi o’qituvchilar, ota-onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, muomala odobiga bog’liq. Muallim ta‘lim-tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar bilan muomalada bo’ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan o’quvchilar, kasb-doshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini inson sifatida kuzatib boradi, his etadi, axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi yoki rad etadi. Xullas, ta‘lim-tarbiya ishlari-ning natijasi, o’qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muo-mala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy holati, kayfiyatiga bog’liqdir.
Pedagog bilan talaba o’rtasidagi muomala
Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala munosabatlar katta o’rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to’plagan bilimlarni, axloqiy tajribani egallab oladi. Muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga, uning axloqiy sifatlari, xulqiga, o’quvchilar bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo’yiladi. Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. Bolalar ta‘lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini (mezonlarini) o’zlashtiradi. O’quvchi muomala metodini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi ham mumkin.