Iijtimoiy pedagogik faoliyat turlari bajardi: Abdiqaxxorova M


Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomalaning muhim sohalaridan biri hisoblanadi



Yüklə 475,84 Kb.
səhifə6/7
tarix10.04.2023
ölçüsü475,84 Kb.
#95706
1   2   3   4   5   6   7
IIJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT TURLARI

Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomalaning muhim sohalaridan biri hisoblanadi.

  • Sinfdan tashqari ishlar o’z xususiyatiga ko’ra darsdan keskin farq qiladi. Bu ishlar dars singari qat‘iy tartibga tushurilmaganligi uchun ham muallim va o’quvchilardan o’zaro nazoratni kuchaytirishi, halollik va vijdonlikni, holislikni, axloqiy ma‘suliyatni ko’proq talab etadi. Shanbaliklar, safarlar, ekskursiyalar, kinoteatrlarga birga borish muallim bilan o’quvchilar jamoasi muomala metodiga ko’proq bog’liq bo’ladi. Axloqiy munosabatlar tizimida muallimning o’quvchilar jamoasi, o’z-o’zini boshqarish organlari bilan muomalasi muhim rol o’ynaydi.
  • - pedagogik jarayonda sodir bo’lib turadigan konflektlar-nizolarini ma‘muriy yo’l bilan emas, balki axloqiy mezonlar asosida murosaga kelish yo’li bilan hal etish;
  • - sinf jamoasining fikr-mulohazalarini e‘tiborga olish, ularga ishonch bilan qarash, bolaning xulqiga baho berganda uning sabablarini, motivlarini e‘tiborga olish;
  • - sinfda muallim “yaxshi ko’radigan”, “yomon ko’radigan” o’quvchilar bo’lmasligi; o’quvchining biror xato xatti-harakati uchun yomon ko’rib qolmaslik; har bir bolaning yaxshi fazilatlarini aniqlash, ustirish va tarbiyaviy ta‘sir o’tkazishda unga tayanish;

- o’quvchining bilimi va xulqini baholashda talabchan, adolatli bo’lish. Muallimning bolaga pedagogik talablari aniq, uning kuchi, qobiliyati va imkoniyatlariga mos bo’lishi, bolalarda o’z-o’ziga nisbatan talabchanlik va tanqidiy munosabatni ustirish
- muallimning bolaga mehribon, g’amxo’r bo’lishi, bolaning shodligi ham, tashvishlariga ham sherik bo’lish;

Pedagoglar jamoasida o’qituvchilar o’rtasidagi muomala

  • Pedagoglar jamoasida o’qituvchilar o’rtasidagi muomala, munosabatlar, insonparvarlik, demokratiklik, ixtiyoriylik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda, ikki xil bo’lib, biri-rasmiy, ikkinchisi-norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala, munosabatlar O’zbekiston Respublikasining qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala pedagogik etikaning (o’qituvchi metodining) qonuniyatlariga asoslanadi va jamoaning har bir a‘zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muomala metodi psixologik qonuniyatlar, metod normalari, qoidalari, talablari pedagoglar jamoasining fikri asosida boshqariladi.

Yüklə 475,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin