O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
IJARA HUQUQI ASOSIDA YASHAYOTGAN TALABALAR TOMONIDAN
TO‘LANADIGAN IJARA TO‘LOVLARINI QOPLAB BERISH TIZIMINI JORIY ETISH
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo„llab-
quvvatlash va bandligiga ko„maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo„sh vaqtini
mazmunli tashkil etishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-
6208-son
Farmoni
ijrosini ta‟minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo„llab-
quvvatlash va bandligiga ko„maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo„sh vaqtini
mazmunli tashkil etishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-
6208-son
Farmoni
bilan:
2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o„ziga,
shu jumladan
ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo„lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat
oliy ta‟lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to„lanadigan oylik ijara
to„lovining 50 foizi O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda:
ijara to„lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida —
bazaviy hisoblash
miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan
oshmasligi;
ijara to„lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila
farzandlariga, o„rnak ko„rsatgan va faol talabalar uchun
qoplab berilishi;
oliy ta‟lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag„lari hisobidan ijara
huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to„lovining bir qismi qoplab
berilishi mumkinligi belgilanganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta‟lim muassasalarining ijara huquqi asosida
yashayotgan talabalariga oylik ijara to„lovining bir qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
hisobidan qoplab berish tartibi to„g„risidagi nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi
tahrirga qarang.
davlat oliy ta‟lim muassasalarining faqat kunduzgi ta‟lim shaklida,
davlat granti yoki
to„lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik
ijara to„lovining bir qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-
avgustdagi 376-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y.,
09/23/376/0607-son)
ariza beruvchi talaba tomonidan oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish uchun
o„zi ta‟lim olayotgan fakul‟tetga yoki oliy ta‟lim muassasasining
talabalarni turar joy bilan
ta‟minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo„limiga yozma ariza bilan murojaat etish tartibi;
Oldingi
tahrirga qarang.
davlat oliy ta‟lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik
ijara to„lovining bir qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish
bo„yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tomonidan talabalar arizasini ko„rib chiqish,
o„rganish va oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish bo„yicha qaror
qabul qilish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-
avgustdagi 376-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y.,
09/23/376/0607-son)
ijara huquqi asosida yashaydigan talabaga oylik ijara to„lovlarining bir qismini qoplab
berishni moliyalashtirish va to„lab berish tartibi.
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Shunday tartib o„rnatilsinki, unga muvofiq:
talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan oliy ta‟lim
muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi
boshqa tumanda (shaharda) bo„lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga, oliy ta‟lim
muassasalariga ushbu maqsadlarda ajratilgan mablag„lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun
ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to„lovining bir qismi qoplab beriladi hamda belgilangan
tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to„lovlar davom ettiriladi;
davlat oliy ta‟lim muassasalari tomonidan ijara
huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara
to„lovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan
qoplanadigan talabalarning 60 foizidan ortgan qismi uchun oylik ijara to„lovi bir qismini ushbu oliy
ta‟lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan
kelib chiqib budjetdan tashqari mablag„lari hisobidan qoplab berilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
4. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yilda
mazkur qarorda belgilangan
vazifalarni amalga oshirish uchun O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi
hamda tizimida oliy ta‟lim muassasalari bo„lgan vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-
kitoblariga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qo„shimcha mablag„ ajratsin,
2022-yildan boshlab esa — tegishli mablag„larni O„zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti
parametrlarida nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag„allikni qisqartirish masalalari bo„yicha o„rinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorov, O„zbekiston Respublikasi moliya
vaziri T.A. Ishmetov hamda O„zbekiston Respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vaziri A.X.
Toshkulov zimmasiga yuklansin.