komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a‟zolarini komissiya yig„ilishining
o„tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to„g„risida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a‟zolariga
yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi; komissiya ish
yurituvini
amalga oshiradi.
19. Komissiya hujjatlari davlat oliy ta‟lim muassasasining arxivida belgilangan
muddatgacha saqlanadi.
20. Zarurat bo„lganda, taqdim etilgan hujjatlardagi ma‟lumotlarga aniqlik kiritish
maqsadida ariza beruvchi suhbat uchun Komissiya yig„ilishiga chaqirilishi mumkin.
21. Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq
ko„rib chiqadi.
Komissiya yig„ilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini ta‟minlash maqsadida uzluksiz
videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda oliy ta‟lim muassasasi arxivida belgilangan muddatgacha
saqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
22. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma‟lumotlar asosida ariza beruvchiga oylik ijara
to„lovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish to„g„risida qaror qabul qiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-
avgustdagi 376-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y.,
09/23/376/0607-son)
Talabgorlarni tanlash komissiya tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik
tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish to„g„risida
komissiya maxsus reyestrni yuritadi.
23. Ko„rib chiqish yakunlari bo„yicha komissiya yig„ilishining
bayonnomasi asosida bir
kun muddatda davlat oliy ta‟lim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrug„i
rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan Talabgorlar to„g„risidagi tegishli ma‟lumotlar va
ularning ro„yxati to„lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Komissiyaning ijara to„lovining bir qismini to„lab berish yoki ijara to„lovining bir qismini
to„lab berishni rad etish to„g„risidagi qarori asoslantirilgan ravishda oliy ta‟lim muassasasining
tegishli e‟lonlar taxtalari, rasmiy saytlarida aks ettirilishi komissiya kotibi tomonidan ta‟minlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
24. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va
noto„g„ri ma‟lumotlar taqdim etgan talabalar ro„yxati shakllantirilib boriladi.
Ushbu talabalar ro„yxatiga tushgan talabalarga komissiya
qarori asosida oylik ijara
to„lovining bir qismini qoplab berish to„xtatilishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish
rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi ushbu Nizomning
24-bandida
ko„rsatilgan talabalar ro„yxatida mavjud
bo„lganda;
ariza beruvchining ijara shartnomasida ko„rsatilgan manzilda yashamasligi,
ijarada
yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli
tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto„g„ri yoki soxta ma‟lumotlar mavjud bo„lganda;
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
26. Oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berishni rad etish to„g„risidagi qarorda
ko„rsatilgan kamchiliklarni to„g„rilash imkoniyati bo„lgan taqdirda ariza beruvchi
ushbu Nizomda
belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
Dostları ilə paylaş: