Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan


-bob. Oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va to‘lab berish



Yüklə 444,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix01.12.2023
ölçüsü444,81 Kb.
#170657
1   2   3   4   5   6   7
605 24.09.2021

5-bob. Oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va to‘lab berish 
tartibi 
27. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat oliy ta‟lim muassasasi ijara 
huquqi asosida yashayotgan talabalarning jami sonini, shuningdek, uning 60 foizini alohida 
ko„rsatgan holda asoslantirilgan hisob-kitoblarni yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga taqdim 
etishlari lozim. 
28. Vazirlik va idoralar o„z navbatida davlat oliy ta‟lim muassasalari tomonidan taqdim 
etilgan hisob-kitoblarni jamlab, belgilangan tartibda Davlat budjetidan tegishli mablag„larni ajratish 
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadilar. 
29. Davlat budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan mablag„lar oliy ta‟lim 
muassasasi xarajatlar smetasining “47.21.500 — Uy-joy-kommunal xizmatlar bo„yicha har oylik 
kompensatsiya to„lovlari” moddasida rejalashtiriladi. 
30. Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara to„lovining bir qismi O„zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti mablag„lari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab 
beriladi. 
31. Davlat oliy ta‟lim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrug„iga muvofiq 
muassasa buxgalteriyasi tomonidan ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablag„lar 
talabgorning plastik kartasiga pul o„tkazish yo„li bilan har oyning 15-sanasiga qadar to„lab beriladi. 
32. Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar ijara to„lovining bir qismini qoplab berish 
uchun davlat oliy ta‟lim muassasalariga budjetdan ajratilgan mablag„larning tegishli moliya yili 
yakuniga qadar o„zlashtirilmay qolgan qismi belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi. 
6-bob. Yakunlovchi qoidalar 
33. Talaba o„quv yili davomida akademik ta‟tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki 
talabalar safidan chetlashtirilgan hollarda, unga ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan 
mablag„larni to„lash to„xtatiladi. 
34. Talabgor ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko„rsatilgan ma‟lumotlarni, 
shuningdek taqdim etilgan ijara shartnomasi bekor qilinganda yoki yashash manzili o„zgarganda 
uch ish kuni ichida mas‟ullarga hamda oliy ta‟lim muassasasi buxgalteriyasiga xabar berishi shart. 
35. Mazkur to„lovlarning to„g„ri hisoblanishi va to„lanishini doimiy nazorat qilish davlat 
oliy ta‟lim muassasasi rektori (filial direktori), yoshlar masalalari va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar 
bo„yicha prorektori (direktor o„rinbosari), bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi. 
36. Oylik ijara to„lovi bir qismini qoplab berish bo„yicha ajratilgan mablag„lar ortiqcha 
to„langanda, davlat oliy ta‟lim muassasasining mas‟ullari hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur 
mablag„larni qaytarish choralari ko„riladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
37. O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab 
berish bo„yicha mablag„larni talabgorlarga to„lanishi yuzasidan nazorat O„zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirlik va idoralarning 
Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. 
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son) 
38. Ushbu Nizomni qo„llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida 
belgilangan tartibda hal etiladi. 
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo„lgan shaxslar qonunchilikka 
muvofiq javob beradilar. 


Davlat oliy ta‟lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to„lovining bir 
qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to„g„risidagi
 nizomga 
1-ILOVA

Yüklə 444,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin