Ijodiy ish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#149986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asosiy vositalarning mohiyati va turlari-fayllar.org

Ahamiyati bo’yicha, ya’ni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra, asosiy vositalarni, odatda, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan turlarga ajratib o’rganiladi.
Хo’jalik faoliyatida foydalanish darajasi bo’yicha asosiy vositalarni harakatdagi va harakatda bo’lmagan turlarga ajratish mumkin.
Тaalluqligi nuqtai nazardan xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’ziga tegishli (ya’ni xususiy) bo’lgan va ijaraga olingan asosiy vositalarga ajratiladi.
Тarmoqlar bo’yicha esa asosiy vositalar sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo va umumiy ovqatlanish, sog’likni saqlash va hokazolar kabi iqtisodiyotning tarmoqlariga tegishli bo’lgan asosiy vositalarga guruhlanadi.

2. Asosiy vositalarni baholash tartibi.


Asosiy vositalarni to’g’ri hisobga olish faqat ularni baholashning yagona tamoyili bo’lgan sharoitdagina amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy hiso-botning xalqaro standartlari (MHХS)ga muvofiq qiymatning quyidagi tushun-chalari mavjud:
- boshlang’ich qiymati;
- joriy qiymati;
- qoldiq qiymati;
- tugatish qiymati;
Asosiy vositalarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni, jumladan, undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich qiymat — bu asosiy vositalarni yaratish (qurish va qayta qurish) yoki sotib olish bo’yicha xaqiqiy amalga oshirilgan xarajatlar qiymati bo’lib, jumladan to’langan va qayta qoplanmaydigan soliqlar va yig’imlar, shuningdek, tashib keltirish va montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bo’yicha xarajatlar va aktivni tayyorlanishi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich qiymat ob’ektni korxonada ishga tushirish paytida shakllanadi. Asosiy vositani korxonada bo’lib turgan davri mobaynida faqat uning boshlang’ich qiymatida hisobga olinadi.
Mehnat vositalari turli davrlarda, turli mehnat unumdorligi darajasida, xom ashyo materiallarining baholari turlicha bo’lganda va turlicha ish haqi darajasi sharoitlarida ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham, turli davrlarda ishlab chiqarilgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati solishtirib bo’lmaydigan mehnat xarajatlarini aks ettiradi. Bir turdagi asosiy vositalarni yagona baholanishini amalga oshirish maqsadida vaqti-vaqti bilan ularni qayta tiklash qiymatlarida qayta baholanib boriladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin