Asosiy vositalar korxonaga bir necha yo’llar bilan kirim qilinadi: - pul mablag’lari evaziga.
- boshqa sub’ektlardan hadya sifatida
- kredit hisobiga
- qurilish yo’li bilan
- o’z aktsiyalariga almashtirish orqali
- boshqa aktivlarga almashish bilan
Asosiy vositalarni pul mablag’lari evaziga sotib olish.Asosiy vositalarni sotib olish qiymatiga, yuqorida aytib o’tilgandek, ularni sotib olish bahosi, ularni olib kelish bilan bog’liq barcha xarajatlar, o’rnatish va ishga tayyorlash bi-lan bog’liq barcha xarajatlar kiradi. Asosiy vositalar pudrat usulida (ya’ni bosh-qa tashkilotlar orqali) sotib olingan bo’lsa, u buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
1. Pudratchi (mol etkazib beruvchi)dan asosiy vosita olingan vaqtida, korxonani mol etkazib beruvchi oldida majburiyati vujudga keladi, ya’ni
Dt. Asosiy vositalarni sotib olish (turlari bo’yicha) Kt. Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar
«Asosiy vositalarni sotib olish» hisobvarag’ining debet aylanmasi asosiy vositalarni sotib olish, o’rnatish va montaji bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajat-
larni ko’rsatadi, kredit aylanmasi esa foydalanishga berilgan asosiy vositalar qiymatini aks ettiradi.
Mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarga pul to’langanda:
Dt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar
Kt Hisob-kitob hisobvarag’i
2. Asosiy vositalar foydalanishga berilgan vaqtida: Dt Asosiy vositalar (turlari bo’yicha)
Kt Asosiy vositalarni sotib olish (turlari bo’yicha)
Boshqa sub’ektlardan hadya sifatida olingan asosiy vositalarni qiymati uni be-ruvchi tomon aniq aytilishi yoki ekspert yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Bun-day yo’l bilan olingan asosiy vositalar, bir tomondan korxonaning asosiy vosi-talarini ko’paytirsa, ikkinchi tomondan, uning xususiy kapitali hajmini oshi-radi.
Bunday operatsiyani buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: