IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI 5 IYUN / 2022 YIL / 19 – SON
516
ma’lumotlarni birga tahlil qilishni o’rganishadi. Kattalar ta’limida qo’llaniladigan interfaol
metodlar ularning yosh xususiyati va tajribasini hisobga olib tanlanishi kerak bo’ladi.
A.I.Kukuyevning fikriga ko'ra, tajriba tahlili - andragogik yondashuvning asosiy metodi bo'lib
hisoblanadi. Ta'lim oluvchilarar bir-biridan - tajribaning mavjudligi va xarakteri, shuningdek
o'quv faoliyatidagi tajribalarining borligi bilan farqlanadi. - Tajriba katta yoshli ta'lim
oluvchilarning o'qishni davom ettirishga bo'lgan ehtiyojining asosidir. - Katta yoshdagi ta'lim
oluvchilar o'z tajribasini tahlili orqali yangi bilimlarga ega bo'ladilar. - Tajriba almashinuvi bu
kattalar uchun muhim rag'batlantiruvchi omil va yangi tajribaga ega bo'lishning eng qisqa
yo'lidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, tajriba almashinuvi imkonini beruvchi
metodlardan foydalanish, dasurlash bo’yicha yangi bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Bunday metodlardan biri Sinonim kodlar metodi. Ushbu metodning asosiy maqsadi dastur
lavlarini o’xsash lavalar bilan almashtirish orqali ta’lim oluvchilarda dasturni o’qib, tushunish,
tahlil qilish va uni soddalashtirish ko’nikmalarini shakllantirish, bir qiymatli dastur lavhalarini
aniqlab, ulardan optimalini tanlay olish. Ushbu metoddan refleksiyani amalga oshirishda ham
foydalanish mumkin. Metodda qo’llaniladigan vositalar: Har bir tinglovchi uchun 1 ta dastur
yozilgan tarqatma material. Metodning qo’llanilishi: Ma’ruza so’ngida, amaliy mashg’ulotlarda,
yakka tartibda yoki guruhda qo’llash mumkin. Metodning amalga oshirilish bosqichlari:
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Tinglovchilarga tayyor dastur tarqatma varoqlarda beriladi. Tinglovchilar dastur
lavhalarining ixtiyor qismiga shunday almashtirish kiritishlari kerakki, bu almashtirish dastur
natijasiga ta’sir o’tkazmasin. Masalan, x*x=>x**2 Ya’ni, sinonimik o’zgartirish talab qilinadi.
Tinglovchilar imkon qadar ko’proq alamshtirishni amalga oshirishlari kerak bo’ladi. Eng ko’p
almashtirishni amalga oshirgan g’olib bo’ladi. Dastur hajmidan kelib chiqib vaqt bo’yicha
cheklov qo’yilishi mumkin. Vaqt so’ngida eng ko’p almashtirishni bajargan tinglovchi o’zining
javoblarini izohlab, taqdimot o’tkazadi. Shundan so’ng, qolgan tinglovchilar qo’simcha javob
variantlarini taqdim qilishadi. Ko’proq almashtirish imkoni bo’lishi uchun dasturda
quyidagilardan foydalanish mumkin: - Qisqartirish amalga oshirilmagan formulalarni.
3*x+7*y-5*x => 7*y-2*x - Takrorlanishda ortiqcha qadamlar.
Masalan 10 gacha sonlar yig’indisini hisoblashda:
s=0 for i in range(10):
s=s+i print(s) =>
s=0 for i in range(1,10):
s=s+i print(s) - Math modulining funksiyalaridan.
Masalan pow(5,6) =>5**6 - Har doim bajariluvchi yoki hechqachon bajarilmaydigan
dastur lavhalari.
Masalan: if True:
print("salom") =>
print("salom")
n=int(input("n="))
if n>3 and 5>8:
print("salom") =>
Shart operatorini yozmaslik mumkin. Chunki shart n ning harqanday qiymatida yolg’on
natija qaytaradi. Parametrli takrorlanishlarni qadamlar orqali boshqarish