O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligining
2023-yil
8-sentabr
dagi
02-02/5-1516
- sonli xatiga
2- ILOVA
2023-2024-o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy
olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
TAVSIYALAR
1-§. Umumiy qoidalar
1.
Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Iqtidorli
o‘quvchilar
o‘rtasida
fan
olimpiadalarini
o‘tkazish
tizimini
takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni
aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorining
1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu tavsiyalar 2023-2024-o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha
asosiy
olimpiadaning
birinchi
(maktab)
bosqichini
(keyingi
o‘rinlarda - Olimpiada) tashkil etish va o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladi.
2-§. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
2. Olimpiada davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining
9-11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 1-2-bosqich
o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
3. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishda ta’lim muassasasi pedagogik
kengashi tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
olimpiada o‘tkaziladigan joyni belgilash va o‘quvchilar xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
har bir fan bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibini tuzish (3-7 nafar),
apellyatsiya komissiyasi a’zolari ro‘yxatini shakllantirish;
nazorat materiallarini tayyorlash va maxfiyligini ta’minlash choralarini
ko‘rish;
olimpiada natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarni keyingi
bosqichda ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qo‘mitaga
taqdim etish.
4. Olimpiada o‘tkaziladigan joy va muddatlari bo‘yicha barcha o‘quvchilar
olimpiadadan
Dostları ilə paylaş: