Ijro. Gov. Uz тизими орк,али эри билан тасдик,ланг 0 ‘zbekiston respublikasi maktabgacha va мактав ta’limi vazirligi



Yüklə 41,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü41,67 Kb.
#196926
1   2   3   4
maktab bosqichi

kamida 3 kun oldin 
(e’lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va telegram 
guruhlarga e’lon joylashtirish, fan o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar vaqtida, 
umumiy saflanishda og‘zaki e’lon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi lozim.


2
O‘quvchilarni olimpiada o‘tkazilishi haqida xabardor qilishni ta’minlashga 
ta’lim muassasa direktori shaxsan mas’ul hisoblanadi.
O‘quvchilar olimpiadalarda o‘z xohishlariga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda 
qatnashadilar.
Ayrim sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda olimpiadada ishtirok etmagan 
o‘quvchi uchun qayta olimpiada o‘tkazish, olimpiadada ishtirok etmagan o‘quvchini 
keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etish mumkin emas.
5. Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 
3 nafargacha 
g‘olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat 
ta’lim tashkiloti rahbarining) qarori bilan asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida 
ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
6. Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda 
ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi 
vazirligining 
olympiad.uzedu.uz 
axborot tizimiga joylashtirilishi shart.
Olimpiadani o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar, nazorat materiallarining 
maxfiyligini, jarayonning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlashga ta’lim 
muassasasi direktori mas’ul hisoblanadi.
Tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi birinchi bosqich 
tashkil etilishini muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof o‘tkazilishi bo‘yicha 
nazoratni amalga oshiradi.
3-§. Olimpiada natijalarini baholash
7. Olimpiada natijalarini baholash fanlar bo‘yicha ta’lim muassasasi 
pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga 
oshiriladi.
Olimpiada natijalarini baholash olimpiada o‘tkazilgan kuni amalga 
oshiriladi.
8. Olimpiada fanlar bo‘yicha test topshiriqlari, yozma va amaliy ish shaklida 
tashkil qilinishi mumkin.
Nazorat materiallari o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini standart 
va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qo‘llay olish malakalarini 
va kompetensiyalarini baholashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
9. Olimpiada ishtirokchilari topshiriqlarni o‘zbek yoki rus tillarida bajarishi 
mumkin. Chet tillar va qardosh tillar fanlari bundan mustasno.

Yüklə 41,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin