11222-2023/IJRO - SON SHARTNOMA Toshkent sh. 27 Yanvar 2023 y. Bundan keyin “Operator” deb ataluvchi “UNICON-SOFT” MCHJ nomidan ish olib boruvchi, Ustav asosida faoliyat ko‘rsatuvchi direktor XABIBULLAYEV SHERZOD XAYRULLA O'G'LI, bir tomondan va Ustav asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, bundan keyin “Buyurtmachi” deb ataluvchi "MARG’ILON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI" nomidan ish olib boruvchi KAYUMOVA GULNOZ NABIYEVNA ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb ataluvchilar, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
ATAMALAR VA TA’RIFLAR Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimi, ijro.gov.uz (bundan keyin - Tizim) - bu Operator tomonidan ishlab chiqilgan va unga tegishli bo‘lgan, davlat organlarida elektron hujjat aylanishi va ijro intizomining nazoratini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy kompleks.
Abonent - Operator bilan Tizimdan foydalanib Elektron hujjat aylanishi va ijro intizomini nazorat qilish xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Foydalanuvchi- o‘z lavozim majburiyatlari sababli Tizimning oxirgi foydalanuvchisi hisoblanadigan, Abonent xodimi bo‘lgan (yoki unga tenglashtirilgan shaxs) jismoniy shaxs.
Tizim moduli - Abonentga qo‘shimcha imkoniyatlarni beruvchi va Tizimning asosiy funksionali hamda vazifasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan Tizimning qismi. Moduldan foydalanish Abonent uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Shaxsiy kabinet- Abonentga Foydalanuvchilarni qo‘shish/chiqarib tashlash orqali ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlardan foydalanish, shuningdek statistika ma’lumotlarini ko‘rib chiqish va Foydalanuvchilarning faolligi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish imkonini beradigan Tizimning bo‘limi.