Elektron raqamli imzo (bundan keyin - ERI) - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Hisobot oyi- xizmatlar ko‘rsatiladigan kalendar oyi.
SHARTNOMA PREDMETI Ushbu Shartnoma bo‘yicha Operator Abonentga Tizim orqali (SaaS modeli bo‘yicha) elektron hujjat aylanishi va ijro intizomini nazorat qilish xizmatlari (bundan keyin - “Xizmatlar”)ni ko‘rsatadi, jumladan:
Tizimni va Abonentni texnik qo‘llab-quvvatlash;
bir Foydalanuvchi uchun bir oylik Abonent to‘lovi 50,590.00 (ellik ming besh yuz to’qson) so‘mni tashkil qiladi;