Ижтимоий-маданий масалалар / Таълим]



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə2/2
tarix22.05.2022
ölçüsü22,92 Kb.
#58952
1   2
lotin

Oldingi tahrirga qarang.
g) 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi direktorining (ijrochi direktorining) bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz miqdorida, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanadi.
(17-bandning «g» kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021 y., 07/21/73/1227-son)
18. Belgilansinki, mazkur qarorning 17-bandi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimidagi akademik litseylarning (bundan «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari mustasno) shahodatlanmagan ma’muriy boshqaruv, pedagog va boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
19. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
akademik litseylar yo‘nalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:12 nisbatda belgilanadi. Bunda, yo‘nalishlar va bloklar bo‘yicha bir nafar pedagog xodimga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining normativlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha har semestrda o‘quvchilarni salohiyatiga ko‘ra teng nisbatda guruhlarga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi.
20. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda amaldagi akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
21. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.J. Ortiqov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U. Madjidov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda asoslangan hisob-kitoblarga binoan akademik litseylarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlarining 2022 yil va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlariga muntazam kiritib borilishini ta’minlasin.
22. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariev, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzaev, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzaev, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov, Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov, Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjaev hududlarda oliy ta’lim muassasalari huzurida yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashsin.
tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur qarorda zimmasiga yuklangan vazifalar hamda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli tashkil qilsin.
23. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U. Madjidov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘.R. Salomov belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyun va 2021 yil 20 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV
Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin