Ижтимоий-маданий масалалар / Таълим]



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə1/2
tarix22.05.2022
ölçüsü22,92 Kb.
#58952
  1   2
lotin



[ОКОЗ:
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.71.00 Ўрта-махсус касб-ҳунар таълими (лицейлар, колледжлар)]
[ТСЗ:
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Таълим]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘.R. Salomov hamda huzurida akademik litseylar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) iqtidorli yoshlarni akademik litseylarga saralab olish tizimini samarali tashkil etish, akademik litseylarda ta’lim sifatini muntazam oshirib borish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish uchun shaxsan mas’ul va javobgar etib belgilansin.
Huzurida akademik litseylar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari):
tegishli akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish uchun ilg‘or xorijiy mamlakatlar malakali ekspertlarini jalb qilsin;
akademik litsey o‘quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishi uchun dars mashg‘ulotlariga yuqori malakali pedagoglar jalb qilinishi va zaruriy sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
oliy ta’lim muassasalari prorektorlari (filial direktori o‘rinbosarlari)ni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha akademik litseylar faoliyatiga har tomonlama yordam ko‘rsatish va nazorat qilish uchun mas’ul etib belgilasin;
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, shu jumladan rahbar xodimlari belgilangan tartibda akademik litseylarning dars mashg‘ulotlariga jalb qilinishini ta’minlasin;
akademik litseylarning ta’lim infratuzilmasi muntazam ravishda rivojlantirib borilishini tashkil etsin.
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar (bundan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya mustasno) tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek xorijiy oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarda (qaror bo‘yicha matnda — akademik litseylar) o‘quvchi yoshlarga ta’lim berishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik litseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish;
o‘quvchi yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish;
o‘quvchilarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, vatanparvarlik, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash;
akademik litseylarda ta’lim sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, ularni «ustoz-shogird» tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish;
ta’lim jarayonini mazmunli va samarali tashkil etish uchun pedagoglar malakasini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish tizimini isloh qilish;
zamonaviy ta’lim infratuzilmasi talablaridan kelib chiqib, akademik litseylardagi mavjud moddiy-texnik bazani mustahkamlab borish, bilimlarni mustaqil shakllantirish uchun sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
umumta’lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soatini oshirish hamda ular ulushini kamida 50 foizga etkazish;
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartida 10-11-sinf o‘quvchilari umumta’lim tayyorgarligiga qo‘yilgan majburiy talablarni shakllantirish bilan birga ularning iqtidorini har tomonlama rivojlantirish imkonini beruvchi o‘quv dasturlari asosida o‘qitish tartibini joriy etish;
ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarining turdosh ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlarni akademik litseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikatsiya qilish.
4. Belgilab qo‘yilsinki, akademik litseylarda o‘qish davrida unifikatsiya qilingan fanlarni o‘zlashtirgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o‘zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) unifikatsiya qilingan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tegishli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilishini ta’minlasin.
5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish mexanizmini 1-ilovaga muvofiq joriy etish;
tajriba tariqasida, ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan akademik litseylarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birgalikda dastlabki yozma imtihon asosida iqtidorli yoshlarni saralab olishning ikki bosqichli tizimini (keyingi o‘rinlarda — ikki bosqichli tizim) amalga kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, 1-ilovada nazarda tutilgan fan olimpiadalari, tanlov g‘oliblari va fanlarni o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlar mazkur akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishda ham inobatga olinishi belgilansin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
akademik litseyning tegishli yo‘nalishida o‘qish uchun kelib tushgan arizalar soni belgilangan qabul parametriga 2:1 nisbatdan kam bo‘lgan hollarda mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul parametrlari tegishli o‘quv yili uchun arizalar soniga nisbatan ikki baravar qisqartiriladi, bundan mazkur yo‘nalish uchun bir akademik guruh o‘quvchilari soniga teng bo‘lgan hollar mustasno;
ikki bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihon kirish test sinovlaridan avval bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasi nazorati ostida akademik litsey tomonidan o‘tkaziladi hamda uning yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarni kirish test sinovlarini topshiruvchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
ikki bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihonni o‘tkazish tartibi hamda baholash mezonlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadi hamda 2021 yil 1 fevralga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) (U.N. Tashkenbaev), tizimida oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 15 dekabrga qadar tajriba natijalaridan kelib chiqib barcha akademik litseylarga ikki bosqichli tizim asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha komissiya 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha komissiyaning (O‘.R. Salomov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish sohasidagi dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
o‘rta maxsus ta’lim sohasida ishtirok etuvchi vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini ta’minlash;
jamoatchilik fikrini o‘rganish, ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish asosida akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirish va infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini tashkil etish;
akademik litseylarda ta’lim faoliyatining tashkil etilishi, ular faoliyatini boshqarish tizimining samaradorligi, yaratilgan sharoitlar, qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligini muntazam ravishda o‘rganib borish va baho berish;
akademik litseylarda ta’lim sifatiga, jumladan ular reytingiga oid ko‘rsatkichlarni tanqidiy tahlil qilish hamda ular yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atiga tahliliy hujjatlar kiritish;
o‘rta maxsus ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosini to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish.
10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) hamda huzurida akademik litseylar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari):
2021 yildan boshlab ilg‘or xorijiy mamlakatlar, shu jumladan Finlyandiyaning malakali ekspertlarini jalb qilgan holda har yili akademik litseylar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan «Yo‘l xarita»sini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
«Yo‘l xarita»si ijrosini xorijiy ekspertlar ishtirokida muntazam ravishda monitoring qilib borsin hamda aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
akademik litseylarda har oyda kamida bir marotaba bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan akademik litsey xodimlari va o‘quvchilari ishtirokida «rektor soati» o‘tkazib borilishini tashkil qilsin;
tizimida akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda akademik litseylarga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralarini akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlariga biriktirsin;
biriktirilgan kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan unifikatsiya qilingan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borish, ilg‘or o‘qitish uslublarini akademik litsey ta’lim jarayoniga mos ravishda tatbiq etish hamda mahorat darslarini o‘tkazish, litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish, o‘quvchilarning ilm-fan, innovatsion va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilsin.
11. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
akademik litseylar faoliyati yiliga kamida ikki marotaba Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at yig‘ilishi hamda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashida keng muhokamadan o‘tkaziladi;
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari uchun mas’ul prorektori (filial direktori o‘rinbosari) bir vaqtning o‘zida akademik litsey direktori hisoblanadi. Bunda, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari uchun mas’ul prorektor (filial direktori o‘rinbosari)lariga normativlarga muvofiq belgilanadigan ustamalarga qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 20 foiz ustama to‘lanadi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun to‘rtinchi semestr davomida bepul test sinovi tashkil etiladi;
oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinmagan hamda kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan akademik litsey bitiruvchilari bo‘ysunuvi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga o‘rgatish kurslari (markazlari)da o‘qitiladi. Bunda, tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) ushbu bitiruvchilarga kasb-hunar o‘rgatish ishlarini tashkil qilish va ularga har tomonlama ko‘maklashish uchun mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
12. Akademik litseylarga xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish uchun belgilangan kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab bekor qilinsin.
13. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) Ta’lim inspeksiyasi (U.N. Tashkenbaev) akademik litseylarning, shu jumladan quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyatini qamrab oluvchi reytingini ishlab chiqsin va uning shaffof tarzda yuritilishini ta’minlasin:
akademik litseyga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining mazkur litsey uchun belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat ko‘rsatkichi);
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan o‘quvchilar ulushi;
reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan (sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan) akademik litsey o‘quvchilari ulushi;
chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ulushi;
ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi;
xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar — Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytinglarida birinchi 1 000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari diplomlariga ega bo‘lgan mahalliy pedagoglar ulushi;
b) reyting natijalari bo‘yicha uzluksiz 3 yil davomida ta’lim sifatiga oid ko‘rsatkichlarida salbiy dinamika kuzatilgan so‘nggi 5 ta o‘rindan birini egallab kelgan akademik litseylar boshqa oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga o‘tkaziladi yoki boshqa turdagi ta’lim muassasasi sifatida qayta tashkil etiladi.
14. Iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalari huzurida yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim inspeksiyasi hamda Respublika oliy ta’lim kengashining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
dars mashg‘ulotlarini, shu jumladan respublika yoki xorijiy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagoglari ishtirokida onlayn tarzda o‘tkazish;
akademik litseylar bazasida ushbu litseylarga o‘qishga tayyorlash, kompyuter savodxonligini oshirish, kasb-hunar, jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i yordamida xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) orqali o‘zini o‘zi band qilish (frilansing)ni o‘rgatish bo‘yicha ta’lim xizmatlarini, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;
pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mualliflik metodikalari asosida ishlab chiqilgan, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasalari kengashi qarori bilan chop etilishiga ruxsat etiladigan tayyorlov o‘quv adabiyotlarini yaratish.
16. Akademik litseylarga byudjetdan tashqari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan:
iqtidorli pedagoglarning xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish, shu jumladan onlayn kurslarda o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq yoki qisman qoplash;
yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, alohida yutuqlarga erishgan pedagog va xodimlarga ustamalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash va to‘lash;
iqtidorli, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kanselyariya jihozlari, dasturiy mahsulotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini xarid qilish, tayyorlov o‘quv adabiyotlarini nashr etish, litseylar veb-saytlarini yaratish va ta’minlab borish, masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish huquqi berilsin.
Zarur hollarda, oliy ta’lim muassasalariga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘z tizimidagi akademik litseylarni ushbu bandda ko‘rsatilgan xarajatlarni birgalikda moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
17. Belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 2021 yil 1 yanvardan boshlab akademik litsey pedagoglari va xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida:
akademik litsey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashda Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llaniladi;
akademik litsey direktorining o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi;
b) bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, byudjetdan tashqari, jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan akademik litseylarda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi;
v) akademik litseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisiga tenglashtiriladi;

Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin