2. Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif,
san’at, axloq, din, huquq, siyosat maishiy xizmat ko’rsatish
darajasini aks
ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot daoajasi.
3. Madaniyat- insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy,
umuminsoniy qadriyatlar majmui.
4. Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi insoniylik fazilatlari va
ijodiy faoliyatining ifodasidir.
Madanyatning qo’llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy,
milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga
bo’lib o’rganish ham mumkin. Kundalik hayotda “muomala madaniyati”,
“mehnat madaniyati”, “nutq madaniyat”, “ishlab chiqarish madaniyati” ,
“xizmat ko’rsatish madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat”
kabi tushunchalar ham qo’llaniladi.
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib
shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning
insoniyat
yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni
o’zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to’la huquqli a’zosi sifatida faoliyat
yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat
hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementtlarning
shakllanishi bilan birga sodir bo’ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs
jamiyatda to’plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni turmush tarzini
o’zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga etkaziladi.
Madaniyat axborotlarni o’zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi.
Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to’g’risida turli ma’lumotlar,
axborotlar olish, ularni avlodan avlodga o’tib borishini ta’minlaydi.
Madaniyat tartibga
soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy
normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o’rtasida qzaro fikr almashuv bilan bog’liq bo’lgan,
aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini
o’ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika
va boshqalarning o’ziga xos tili bo’lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni
to’laligicha bilib bo’lmaydi.
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan
moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini,
bema’ni, xunuk narsalardan go’zallikni ajrata bilishga ko’maklashadi.
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni
mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi
bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi.
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy toliqishni haydash, hordiq
chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko’tarish yo’lidagi
tadbirlar, o’yinlar tashkil
etuvchi vazifalarni ham bajaradi.
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko’p qirrali jarayon, uning tarkibiga
kiruvchi elementlari o’zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni
o’ziga xos belgilari, sifatida qarab bir necha turlarga bo’ladilar.Madaniyatga
tsivilizatsion nuqtai nazardan yondoshuvchi nuqtai nazardan yondoshuvchi
mutaxassislar insoniyat bir necha tsivilizatsiyalarni bosib o’tganligini
ta’kidlaydi.
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini
inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo’lish keng
tarqalgan. Milliy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik
yaqinlik, umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni
irqiy omilni nazarda tutgan
holda bo’lish holatlari ham uchraydi. Frantsuz faylasufi J. Gobino jamiyat,
madaniyat, din, til to’laligicha irqiy jihatlar bilan bog’liq, madaniyat mavjud
tabiiy sharoit bilan bog’liq deb tushuntiradi va Evropa madaniyatini negroid
madaniyatda eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat
sohasida yuz bergan o’zgarishlarni tushuntirish uchun kontkultura, subkultura
tushunchalarini qo’llay boshladilar. Kontkultura deganda hukmron madaniyatga
qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy qarashlar, ideallar tushuniladi.
Subkultura deganda jamiyatdagi turli sinflar,
tabaqalar, guruhlarga xos madaniy
jihatlar hisobga olinadi. Shuningdek qashshoqlar, kambag’allar, o’rta tabaqalar,
yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita qatlamlari madaniyati degan tushunchalar
ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag’al tabaqalar madaniyati
shaxsiy gigienadan tortib bilim darajasigacha bo’lgan sohalarda past saviyada
namoyon bo’ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida
birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr
bildiruvchilar ham bor.
Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim muzikaga berilgan
yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko’radigan subkulturalar haqida
ham fikr mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular
o’rtasidagi farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning
murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko’rsatadi.
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning
barkamol inson bo’lib
etishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri
katta. Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go’daklik
chog’idayoq shaxs ijtimoiy- madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud
ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning
ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan
qadriyatlarni, urf-odatlarni, ahloq-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni,
g’oyaviy andozalarni o’zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo’ladi, shaxs inson
sifatida shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o’tkinchi ehtiyojlarni- yurist,
iqtisodchi, injener, vrach, pedagog, san’atkor bo’lish, boy bo’lish, amaldor
bo’lish, shon-shuhrat qozonish, turli unvonlar olish
va boshqa ehtiyojlarni
qondirish kabi istaklar ham paydo bo’ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida
qunt bilan o’qib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to’g’risidagi
umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni o’rganish, izlanish, hayotiy
tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega zarur bo’ladi.
Madaniyat kishinig nafaqat ijtimoiylashuvini, shuninigdek jamiyat bilan
integratsiyalashuvni ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga,
ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko’maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini
baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim o’rin
tutadi. Madaniyat insoning yashirin, betakror individuval xususiyatlari,
qobilyatlarini ro’yobga chiqarish, o’stirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Shaxsni barkamol qilib etishtirishda jamiyat madaniyatning bir qator
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan:
Dostları ilə paylaş: