- «Gominizatsiya» - urug’doshchilik xususiyatlarini o’rganish. Madaniyat
«aqilli odam» uchun xos bo’lgan nutq, narsalarni ramziy ifodalash (yoki
mavhum tafakkur) xususiyatlarini har bir odam o’rganishiga imkon yaratadi.
- Sotsializatsiya – (umumlashtirish) – jamiyat hayoti uchun uning haqiqiy
a’zosi sifatida zarur hisoblangan ma’lum miqdordagi shartlarni o’zgartirish. Bu
funktsiya idrok, tafakkur, nutq, so’zlarni qo’llanilishi, ohangi, imo-ishora va
shama, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va qadriyat
yo’nalishlari
tizimini
shakllantirish
kabi
andozaviy
usullarning
mustahkamlanishi bilan bog’liq.
- Inkulturatsiya – avvalo o’z xalqining, keyin esa umuminsoniy madaniy
merosga (aralashish) munosabatda bo’lish (Bu jarayonni muhokama qilishga
alohida mavzu bag’ishlanadi).
- Individualizatsiya - madaniyat ma’lum shaxslar qobiliyati, iqtidori,
xususiyatini o’ta rivojlantirishga mo’ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha
madaniyatlar doirasida – (jamiyat, insoniyat) eng asosiy bo’g’in bo’lib, bu har
bir aniq shaxs madaniyatining barkamollik darajasiga jamiyat yoki butun
insoniyat madaniyati bog’liq bo’lishini bildiradi.
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, boy bilim
olami bo’lib, u insonni qaerda yashashi va harakat qilishini, umuman, dunyodagi
va jamiyatdagi o’rnini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson
uchun o’ta shaxsiy mazmun va mohiyat kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar
bilan, butun jamiyat bilan munosabat o’rnatadi. Qadriyatlar jamiyat manzur
bo’luvchi axloq shakllarini yaratishda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq
joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbat munozarali emas, balki muloyim
munosabat
shakllanadi.
Munozaralar
tug’ilgan
hollarda
jamiyatni
mustahkamlashga munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi.
Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatan
ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar
hayotiy faoliyatlarining majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining
muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipi. Ishlab chiqarish
munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni
tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi.