Axborotlarni o’zlashtirish va yig’ish funtsiyasi
xabarlarini yig’ish va
saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo’lyozmalar,
kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohonrabo yoki raqamli yozuvlar)
bo’lishi mumkin. har qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va
mazmuni bo’yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur.
Hozirgi davrda til belgilari tizimining keng ko’lami va o’ta ahamiyatlisi bo’lib
qolmoqda.
Kommunikativ funktsiya
(aloqa almashuv)- mohiyatni aniqlashda
bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda
energiya, axborot, o’zaro amaliy hamkorlikni taqazo qililadi, negaki, faqat turli
tiplarning munosabati (an’anaviy, funktsional-ahamiyatli, shaxslararo, ishlab
chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va
uning keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodir.
Normativiylik funktsiyasi
(mezon-me’yoriy)- kishilar xulqini tartibga
solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir butunlikda saqlash sifatida
muvofiqlashtirish. Me’yor-qoida qandaydir yoki qandaydir predmetlar,
narsalarni yaratish sohasida aniq ko’rsatmadir. Ongli ravishda o’rnatilgan yoki
ko’p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, taqiqlovchi me’yorlar mavjud
(huquqiy, axloqiy me’yorlar), biroq ularning mazmuni bor jamiyatni barbod
qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan
belgilash.
Ruhiy yoki «loyihaviy» mo’’tadillik –
baramlar, diniy marosimlar, o’yin,
tomosha jarayonlarida ruhiy zo’riqishlarni bartaraf qilish. Qoniqarsiz istaklar,
ro’yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda taqiqlanuvchi janjallar mavjudligi ruhiy
zo’riqishga olib kelib, nafaqat ma’lum bir shaxs salomatligiga zarar etkazadi,
balki, ommaviylik kabs etib, jamiyat harakatini izdan chiqarishi mumkin.
Shuning uchun madaniyatda keraksiz xissiyotdan xolos bilish mexanizmi ishlab
chiqilgan. Xullas, kishilar yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, boyliklar
ularning qobiliyatlari, munosabatlari va mohiyatli kuchlari nomoyon bo’lishidan
iborat. Inson madaniyat sohasida bu ma’naviy qadriyatlarga o’z munosabatini
bildirar ekan, ayni vaqtda, o’zi rivojlanadigan, o’zi o’zgarib turadigan mohiyat
sifatida ham nomoyon bo’ladi. Demak, madaniyat narsalar shaklida, inson
faoliyatining tayyor mahsulotlari shaklida va insonning jonli qobiliyatlari,
bilimlari shaklida yashab turadi.
Kishilar ijtimoiy tajriba jarayonida zaruriy moddiy shart-sharoit va hayot
vositalarini yaratish bilangina kifoyalanmay, ayni chog’da o’z ongini ham
takkomilashtiradi. Ijtimoiy ong shakllarini (dunyoqarash, axloq, huquq, estetik
ong) vujudga keltiradilar yoki ma’naviy ishlab chiqarish faoliyatini amalga
oshiradilar. Buning majmui manaviy madaniyat sohasini tashkil etadi.
Ma’naviy madaniyat kishilar ma’naviy ijodkorlarga faoliyatilari natijalari-
tasavvurlar, g’oyalar, milliy, diniy qarashlar, san’at sohalari, axloqiy va huquqiy
me’yorlarni ishlab chiqarishdan hosil bo’ladi. Bunday ma’naviy qadriyatlar
o’zicha paydo bo’lmaydi, balki muayyan taraqqiyot bosqichida o’zaro
munosabatga kiradigan kishilar tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyat –
ma’naviy ijodning shunchaki mahsuloti bo’lmay balki ijodiy faoliyatni amalga
oshiradigan kishilar o’rtasidagi munosabatni ham bildiradi. Shuningdek,
ma’naviy madaniyat ta’lim va fan sohasi bilan bog’langan ilmiy faoliyat va
bilim olish jarayoni bilan uzviy bo’lgan bilish madaniyatini, axloqiy va estetik
madaniyatni o’z ichiga oladi. Natijada, ma’naviy madaniyat o’zaro uzviy
bog’liqda inson ma’naviy fazilati va faoliyatining narsalarda moddiylashgan
shaklida, inson tomonidan yaratilgan ma’naviy qadriyatlar shaklida, inson
tomonidan qadriyatlar shaklida (ilm, fan, san’at, huquq axloq qoidalarida)
mavjud bo’ladi.
Madaniyatning quyidagi funktsiyalari bevosita shaxs bilan bog’liq:
Dostları ilə paylaş: |