nafaqat insoniyatni shunchaki biomavjudotlik muammolarini tadqiq qilmasdan,
balki avlodlarning o’zaro munosabatlari muammolarini tahlil qiladi.
Inson ulg’ayishi va jamoaga munosibligi mezonidan boshqa jamiyat
madaniyati a’zosi sifatida shakllanishi mumkin. Ikki xil, ba’zan insonni ikki
turdan ham ko’proq madaniyatga mansubligi uni ko’p tomonlama, turli madaniy
olamga mansub qiladi. Ammo, bunda ma’lum xavf ham mavjud bo’ladi. Ya’ni
ulg’ayuvchi avlod jamiyatga aralashuvi jarayonida begona madaniyatlarning
aralashuvi yoshlarni o’zining madaniyat
manbaidan ayrilishiga, o’z etnik
an’analarini tushunmaslikka olib keladi. O’z milliy madaniyatidan mahrum kishi
manqurtga aylanadi va har qanday madaniyatga ham befarq munosabatda
bo’ladi. Shuning uchun meros, madaniyatning uzliksiz an’anaviy yangilanish
jarayonini ta’minlash o’ta muhim.
Moddiy madaniyatning
uchinchi sohasi
doirasiga inson hayot faoliyatining
genetik (irsiy), jismoniy (somatik), tibbiy-biologik xususiyatlari haqidagi,
jamiyatda yuzaga keladigan va tarixiy taraqqiyotning o’ziga
xos xususiyatlari
aks etuvchi madaniy an’analar va sog’lom odatlarga to’g’ri keladigan insonning
tartibli ovqatlanishi va turmush tarzi haqidagi bilimlar majmui bo’lgan inson
ekologiyasi muammolari ham mansub.
Umuman, moddiy madaniyatga mehnat, ishlab chiqarish madaniyati,
turmush madaniyati, ekologik madaniyatlar kiradi. Ishlab chiqarish vositalari
moddiy madaniyatning muhim qismidir. Zamonaviy
texnika yutuqlari jamiyat
moddiy madaniyatning asosini belgilovchi jihatdir. Maishiy turmushdagi
iste’mol buyumlari ham har bir xalqning moddiy hayot darajasini belgilaydi.
Shu o’rinda moddiy madaniyat ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarining oddiy
majmuidangina iborat bo’lmay, ularni ijodiy o’zlashtirish, yangidan yaratish,
ulardan mukammal foydalanish usullari hamdir. Bunda ijodiy salohiyat, malaka
va g’oya yangidan moddiylashib, shaxs, jamiyat, millat, xalq, davlat
umuminsoniy mazmun ham kasb etadi.
Moddiy madaniyat muayyan tarixiy davrda jamiyatda mavjud bo’lgan
buyumlarni moddiy ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarini va
natijalarini o’z ichiga oladi.
Tarixiy davrlarda madaniyatning keng ko’lamli
rivoji tsivilizatsiya
tushunchasida ham ifodalanadi. Tsivilizatsiya ijtimoiy va moddiy madaniyat
taraqqiyoti bosqichini bildirib, moddiy insoniyatga begona bo’lgan ob’ektlarni
qayta o’zgartirishni bildiradi, madaniyat esa insonning fazilati va holati, tashqi
dunyoga bog’liqligi yoki erkinligining mezonidir. Nemis olimi O.
Shpengler,
tsivilizatsiya tafakkurini bir qolipga solip qo’yadi, umum qabul bilan
haqiqatlarni muloqotlashtiradi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, tsivilizatsiyani
urbanizatsiyaga, hatto olamni noinsonlashtirishga olib keladi,
Tsivilizatsiya va
fan o’zligicha ma’naviy taraqqiyotni ta’minlay olmaydi, bu erda aqliy, axloqiy
va estetik yutuqlarni mujassam qilgan ma’naviy tuzilma zarur degan fikrlar ham
mavjud.
Ma’naviy madaniyat ancha ilgaritdan o’rganila boshlangan. Insoniyat
tarixining boshlaridan kishilar ma’naviy madaniyatini belgilashga, uning
shakllanish
sabablarini aniqlashga, ma’naviy boylik ijodkori va yaratuvchilari
qanday sifatlarga ega bo’lishi kerakligi va ma’naviy ijodkorlik jarayonini
tushuntirishga uringanlar. Ilgari mavjud bo’lmagan madaniyat hodisasini
vujudga keltirishga xizmat qiluvchi ijodiy kuchlar hayolat, fantastik
tadqiqotlarga e’tiborlarini qaratadi. Insondagi barcha
qobiliyat tabiatan mavjud
bo’lib, uning shakllanishi insonning paydo bo’lish davridan boshlangan.
Insondagi ajdodlardan qolgan yovvoiylik xususiyatlari tabiat bilan doimiy
o’zaro hamkorlikda, uni o’zgartirish davomida yo’qolib, bilimi rivojlandi.
Undagi jismoniy va ruhiy jihatlar takomillashib, intelektual va xissiy
imkoniyatlar kuchayib bordi inson jismoniy, fikriy
va his qiluvchi mavjudod
sifatidagi dastlabki davridanoq o’ziga xos dunyosini yarata boshladi: Moddiy va
ideal dunyosi taraqqiyotining har bir davrida fikrlash va his qilish tarzining
maxsus aqliy tasavvur tizimi to’plandi. Bunda barcha umuminsoniy madaniyat
singari turli xalqlar
Dostları ilə paylaş: