2. Tamaddun jahon dinlari, axloq, xuquq. San’at tizimlarida o‘z ifodasini topgan universal qadriyatlar asosida shakllanadigan sotsiomadaniy birlik sifatida. 3. Madaniyatning falsafiy, sotsiologik va antropologik talqinlari: madaniyatnnng sotsial va ekzistentsial funktsiyalari. 4. Globallashuv sharoitida madaniyatni asrash muammolari. Migratsiya. Milliy davlat Milliy davlat — bu ijtimoiy tashkilotchilik, siyosiy bosharuv va madaniy
oʻzlik bir-biriga bogʻliq boʻlgan hududiy tashkilot. Ushbu taʼrifga toʻlaligicha
mos keladigan davlatlar soni 10 foizdan kamroq, ammo zamonaviy
davlatlarning koʻpchiligi uning koʻpkina jihatlarini oʻzida mujassam etadi.
[17]
Zamonaviy davlatlar markazlashtirilgan, yoyilgan va muxtor tuzilmalar
orqali koʻplab shaharlarni va bir biriga tutash mintaqalarni boshqarishadi. Ular
hamma uchun shart boʻlgan qoidalarni ishlab chiqish
[18]
va oʻz hududi doirasida
kuch qoʻllash monopoliyasiga egalar
[19]
. Shunday qilib, ular oʻz hokimiyatini
butun aholiga yoyadilar va iqtisodiy rivoj hamda mudofaa uchun insonlar
hayotini maʼlum bir tarzda tashkil etishga urinadilar. Bu bilan ular
mintaqalarning integratsiyasiga intilmaydigan
shahar-davlatlardan
va
odamlarning kundalik ishlarini kuzatishga urinmaydigan imperiyalardan farq
qiladi
[20]
. Bundan tashqari, milliy davlat xalqlarning ixtiyoriy integratsiyasiga
intiladi va bu bilan yangi hududlarni egallab olish, ushlab turish
va kolonizatsiyani maqsad qiladigan imperiyadan farq qiladi.
[16]
Milliy davlat uning fuqarolari bilan bogʻlanadi, lekin ichki va xalqaro
maydonda uni odatda bitta davlat yetakchisi namoyon etadi. Masalan, Sharl de
Gol fransuz davlatining rahbari „Fransiya haqidagi alla-qanaqa gʻoyani“
namoyon etishi kerakligini taʼkidlagan.
„Millat“ va „milliy davlat“ tushunchalarining oʻxshashligiga qaramasdan,
millatchilik
ular
orasida
baʼzi
farqlarni
belgilaydi. „Millat“, „davlat“ va „jamiyat“ tushunchalari turlicha darajalarga
tegishli: madaniy, siyosiy va ijtimoiy
[17]
. Masalan armiya davlatni emas, balki
xalqni himoya qilishi taʼkidlanadi.