Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə161/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 

117
iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian 


falsafasi qadimgi Yunon antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi


Yunon antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan 
bo‘lsa, o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson
erki hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson 
ichki olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha,
inson yaxshilikni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak 
bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning
hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning eng oliy 
kuchqudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va noaniq
narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi
34
.

O‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi.


Antik falsafa ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha 
munosabatlarni ham belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan
o‘zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan 
qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi,
uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian 
faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiyning ham diqqat markazida
bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy muammolari haqida bosh 
qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat doirasida
o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish uchun 
yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning teng
bo‘lishiga mutlaqo qarshi edi. Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan 
ezgulikning asosini tashkil etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a surildi.
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Sharq 
mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, miflar,
ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan atrofmuhitda 
sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va Xudolarning
turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga ega bo‘lganlar. 
Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. Asta-sekin o‘sha
qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik, barcha ishlarni uddasidan chiqa olish salohiyati odam, tirik 
mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma narsaga qodir bo‘lgan. Dastlabki inson obrazini
qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida ko‘rishimiz mumkin. Eramizdan avvalgi 
XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda,
Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida insonning qiyofasi haqidagi 
dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson va uni yashaydigan joyi
bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda yozilishicha, bir butun 
yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohiyat: tana
bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri 
ikkinchisi bilan bog‘liq. Qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir butun, tirik
mavjudotlarning hammasi o‘sha butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha tirik zotlarning 
o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli, jonining bir shakli tanadan
boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan. Hind falsafasida 
axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning «aylanishi”ga kiritilgan: ..qayta tirilish –
hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday qilib, renkarnatsiya g‘oyasi – 
bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz tug‘ilishdan qutilishdan
iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob, qarilik – azob, kasallik va 
o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob, sevimli kishidan judo
34

Qahhorova Sh. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. Тошкент: “Тафаккур” 2009, 338 b 








Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin