Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə243/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Somirliklar
erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy 
qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal
“Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan 
Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining
tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida 
himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va
adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida
“Pxatotep o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki 
yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli
o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur 
pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari
muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. 
Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan
umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida 
hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni
don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir 
nechaming yil keyingi qadimgi YUnonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos
bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning 
mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini
anglash mumkin.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin