Seminar mashg’ulotlari
344
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning
deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining)
o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda
minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi.
Vaholanki, landshaft
hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. Biz esa,
tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon
qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.
1-o‘quv topshiriq
“Muammo” organayzerini to‘ldiring
Tabiat estetikasiga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo”
usuli orqali muammo hal qilinadi.
Muammoning turi
Muammoning kelib chiqish
sabablari
Muammoni echish yo‘llari va
sizning harakatingiz
Tabiat estetikasida
ekologik
jarayonini yuzaga kelish
mexanizmi nimadan iborat
ekanligini tushuntiring?
1-o‘quv topshiriq
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali
o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z
fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini
o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib,
tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
Tabiat estetikasining inson hayotidagi o‘rni nimalardan
iborat?
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
2-guruh
Savol
Tabiat estetikasi insonning turmush tarzi bilan bog‘liqmi?
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring