Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə81/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 


KATEGORIYALARI 

65
(masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy 


kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar.


Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot 
nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‘ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri

Immanuil Kant
rivojlanish g‘oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga 
tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga
ham joriy etishga urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini butun xalqlarning 
tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq etadi. Bu davrga
kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish g‘oyasini ifodalay boshlaydi.
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot
sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning 
ulug‘ xizmati shu bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon
shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda 
ko‘rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi. Natijada,
insoniyat tarixi insoniyatning o‘zining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va endilikda 
tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil bosqichlarini
kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini isbot etishdan 
iborat bo‘lib qoldi.
Gegelning taraqqiyot to‘g‘risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta’limotni yanada 
boyitadi. Gegel birinchi bo‘lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini ta’riflab bergan
edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan turgan dialektika edi. 
Chunki Gegelning fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy kengaytirilishining
harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip yolg‘iz o‘zi fanning 
mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi».
Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur 
taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan;
voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi 
prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai
«o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy 
taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida maydonga chiqadi.
Bu dialektika bir butun borliqning eng umumiy aloqadorligi, o‘zgarishi va taraqqiyoti 
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ham moddiy dunyoga, ham uning in’ikosi bo‘lgan inson bilishiga
xos ta’limotdir. Shunga ko‘ra bu dialektika o‘z ichiga ob’ektiv va sub’ektiv dialektikani oladi. 
Bunda moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning
harakati, o‘zgarish va rivojlanishlari ob’ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson 
miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayonining dialektikasi sub’ektiv dialektika — ob’ektiv
dialektikaning kishilar miyasidagi in’ikosidir. Demak, ob’ektiv dialektika — bu narsalar, 
buyumlar dialektikasidir; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson ongidagi in’ikosi
— ya’ni, tafakkur dialektikasidir.
Ob’ektiv dialektika sub’ektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga
yangicha yondoshish Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga ko‘ra fikr, 
tafakkur dialektikasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, ya’ni sub’ektiv dialektika ob’ektiv
dialektikani tug‘diradi. Boshqa faylasuflarning ta’limotiga ko‘ra esa, aksincha, narsalar, buyumlar 
dialektikasi fikr, tafakkur dialektikasini yaratadi.
Dialektika borliq, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va 
rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni
o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika 
dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin