Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə89/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Aloqa uchun asos. 
Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari tushunchalarini farqlash 
lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa
uchun asos bo‘ladi. Asosning mavjudligi aloqa o‘rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki 
uning o‘rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. SHart-sharoitlar – bu
avvalo predmet mavjud bo‘lgan muhitdir. U aloqa o‘rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi 
mumkin. SHart-sharoitlar o‘z holicha aloqa o‘rnatish omili bo‘lishi mumkin emas, ular faqat aloqa
yuzaga kelishiga ko‘maklashadi yoki monelik qiladi.
Narsalar o‘rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‘ra yuzaga keladi. Umumiy asos ayrim
umumiy asosga ega bo‘lgan turli ob’ektlar o‘rtasida umumiy aloqa yo‘lini ham vujudga keltiradi. 
Masalan, muayyan manfaat guruhlari o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga
birlashadilar, mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, 
etnik, diniy va boshqa asoslarga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. SHunday
qilib, mazkur misolda aloqa yo‘li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar – buning 
shartlaridir. O‘zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. SHu sababli aloqa
tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha 
kategoriyalar o‘zaro aloqaning muayyan turlari bilan tavsiflanadi.

Munosabat
. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. 
«Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da1 munosabat tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli,
ularda yashirin xossalarning namoyon bo‘lish omili» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rifda munosabatni 
tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro mavjudligi,
yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya’ni 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin