Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə86/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 


KATEGORIYALARI 

69
Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo‘lmagan 


hech bir narsa, jarayon yo‘q. Lekin biz o‘z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani o‘rganar


ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‘lanishlaridan ajratamiz. Bu 
jarayonda biz uning o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu narsa yoki
hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo‘lgan hamma aloqa va bog‘lanishlarini, hamma 
aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni haqiqatdan bilish uchun ularning
barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‘lanishlarini birga olib o‘rganmoq, lozim. Biz garchi 
bunga hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasak ham, lekin har tamonlama o‘rganish talabi bizni
xatolardan, noto‘g‘ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. SHu asosdagina biz bu narsa yoki 
hodisaning bir butun tabiati va mohiyatini to‘g‘ri bilib olishga erishamiz.
Dialektik aloqadorlik va bog‘lanishlar bir butun borliqning turli tomonlari va materiyaning 
turli ko‘rinishlari o‘rtasidagina mavjud bo‘lmasdan, balki har bir narsa yoki hodisaning ham
o‘zidagi barcha tomonlari, hamma belgi va xususiyatlari o‘rtasida ham mavjuddir. Chunki har bir 
narsa yoki hodisaning hamma tomonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda
mahkam va chambarchas aloqadorligi qonuniy va tabiiy holdir.
Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon
bo‘ladi. Bular quyidagilardir: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta’siri 
shaklida; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida. Organik tabiatda: a) tirik
organizmlarning modda almashinuvi shaklida; b) tirik organizmlar bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi 
bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va h. k. Jamiyatda bo‘lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‘rtasida; b) 
jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti o‘rtasida; v) jamiyat ishlab chiqarish usulining tomonlari:
ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida; g) jamiyatning iqtisodiy 
bazisi bilan ustqurmasi o‘rtasida; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari o‘rtasida; e) jamiyat
va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. Tafakkurda bo‘lsa: a) bir butun tafakkur 
jarayonida, tafakkur shakllari o‘rtasida: b) tafakkur shakllari va qonunlari o‘rtasida; v) tafakkur va
borliq o‘rtasida. Bilish jarayonida esa: a) hissiy bilish va aqliy bilish o‘rtasida; b) bilish bosqichlari 
va bilish shakllari o‘rtasida; v) bilish bilan borliq o‘rtasidagi aloqalar va bog‘lanishlarda
ifodalanadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin