Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


 Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə87/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. 
Har qanday konsepsiyaning 
mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir
konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi 
dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi.
Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, 
tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz.
Umumiy 

aloqadorlik tamoyili. 
Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular 
boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har
qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, 
har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga
kirishish jarayonida ishtirok etadi.


Aloqa. 
Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda 
joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar
diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar mavjud 
bo‘lishi mumkinmi? O‘z-o‘zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud
bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. SHu sababli umumiy aloqa 
kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik»,«tuganmaslik» tushunchalari bilan




5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin