Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda–insonning dunyoda
ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga
bo‘ysundirilgan.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar,
uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining
6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani
turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning
birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Ijtimoiy bilim,
asosan, o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‘ljal
oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat
va xususiylik nuqtai nazaridan o‘rganiladi . SHu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu erda,
tabiiy-matematik
siklga mansub
fanlarga
qaraganda
kamroq.
Biroq,
bilimning matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq