6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
96
intilgan. Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat –
mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos
keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar
dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy haqiqat
yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga
munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish
aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga qo‘shilish
orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to
oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. SHuningdek, Forobiy va uning izdoshlari
fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta
bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning
birdan bir ifodasi deb hisoblagan
21
.
Ob’ektiv haqiqat
–
bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni.
Bizning
bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy
guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur
mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda
sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu
sababli ob’ektiv hisoblanadigan
mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki
shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqat
–
predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlikki ritilishi mumkin
bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir
. Olam vaqt
va makonda cheksizligi tufayli bunday
bilimga amalda erishish mumkin emas.
Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan
tenglashtirib, biz unga
erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida
gapiramiz.
Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki
u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan
haqiqatni bilishga qodir.
Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim
hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog‘liq
bo‘lmasa, u boqiy haqiqat
deb ataladi.
Nisbiy haqiqat
–
borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan
ajralib turadigan bilim
. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq
noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan
tarixiy shart-sharoitlari bilan
cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi
bo‘lgan mutlaq
haqiqatga yaqin lashadi.
Dostları ilə paylaş: |