6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
97
keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro
aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va
ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar
funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi
uning
mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir.
Beruniy
fikricha, «SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on
xabar tarqatish o‘rnashib qolib,
go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va
yolg‘on xabar tarqatmasdan turolmaydi... Ba’zan
kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga
taqlid qilib, bilmasdan yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar
birinchi marta
ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchi
oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi,zulm, yolg‘on
guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan
bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo
va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan
boshqa yomon
xulqlarni kishilar yaxshi qilib
ko‘rsatadilar»
22
. Beruniy insonni rostgo‘ylik
qolib, yolg‘onchilik yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga
yaxshilik qilish,
yaxshilik
qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga chorlaydi.
Rostgo‘ylik,odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma’naviyat, go‘zal odob – axloq belgisidir.
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan qutulib
qolishga harakat qilish,
kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunga jamiyat kuchliroq ta’sir
ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida ehtiroslar, shu jumladan,
muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «sonsanoqsiz yolg‘onni vujudga
keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini
tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan muhabbat otashini qayta o‘t oldirish
uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on gapiradi»
23
. YOlg‘on takabburlik,
irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik va hokazolar zaminida yuzaga
keladi.
Dostları ilə paylaş: