7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
112
dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va
madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi
.
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning
hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot
faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni
hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi
fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi
jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan
qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni
saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari
tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga
majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo‘ljallarni yo‘qotish yoki
vujudga kelgan qadriyatlar tizimi-dan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz
tutishi va parchalanishiga olib keladi. Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili.
Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. SHu sababli,
qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o‘zaro munosabati qanday,qaysi qadriyatlar inson uchun
eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat
kasb etadi. Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli
qadriyatlarning bir-biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil
etadi. Aksiologiya ta’limotiga ko‘ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‘lib, ular
maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar
bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat, foyda,
ahamiyat, baho, g‘alaba,hayotning mazmuni, baht, hurmat va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |