7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
114
aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan
cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan
ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks ettiradi.
Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy
munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy
hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi
– bularning barchasi uning ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar
ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan,
qadriyatlar nisbatan barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning
ierarxiyasi muntazam
ravishda o‘zgaradi, qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi
jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan
ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining
qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik
mashhur rassom Mark SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun
dunyoda yuksak baholangan
bo‘lsa-da, o‘z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi
rassomning o‘limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk
musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at ko‘rgazmalarida
biror marta ham namoyish
etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu
kabilar. Ayni hol shu bilan izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri
anglanishi mumkin. SHu sababli amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi,
amalda qimmatga ega bo‘lmagan narsa esa, yanglish tarzda qadriyat
sifatida tasavvur qilinishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: