Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə152/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

113
bo‘lgan munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir


kamroq ta’sirlantiradi, nimadir bizni o‘ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. SHuningdek, 
muhimlik qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega
bo‘lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasallik lar jamiyat 
va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini
olmagan. Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib, unga 
quyidagi ta’rifni berish mumkin: «Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv
ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan 
belgilanadi».

Baholash
. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda 
keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning
ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti 
va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida
mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va 
aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar,
intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining 
barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Baholashning mohiyatini teranroq anglab etish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli 
bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning
o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi?
Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu
baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan 
predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini
foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz.
Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy qadriyatlar»
bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz 
muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb, topishimiz, muayyan
xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb, baholashimiz, ko‘rilgan filmni mantiqsiz deb, 
qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi.
Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. Baholash esa, 
sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va
individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli, ayni bir hodisa ayni bir davrda 
yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin