empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin, ba’zan
mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday
8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
121
N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun
yagona asos mavjud emas.
Biologizatorlik konsepsiyalari.
Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning
tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi
. XVIII asr oxirida jamiyat
hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan
T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan
birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash
mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga
mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan,
aholi soni geometrik
progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya
bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy
tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi
ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga
solish vositalari sifatida
qaraydi.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy tanlanish haqidagi
ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi,
balki uning mohiyatini, pirovard
natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-
darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng
darajada xos bo‘lgan irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. Sotsiobiologlar
fikriga ko‘ra, inson
xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan belgilanadi va
hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon – engishga qodir emas.
Dostları ilə paylaş: